1-Modul. Boshlang‘ich sinflarda ona tili oʻqitish metodikasining umumiy masalalari.1-Mavzu:Boshlang‘ichsinflardaonatilioʻqitishmetodikasifaniningpredmetiva
vazifalari.
Mavzurejasi: Ona tili oʻqitish metodikasining maqsadi va predmeti.
Ona tili oʻqitish metodikasining vazifalari.
Ona tili oʻqitish metodikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Ona tili oʻqitish metodikasining tamoyillari.
Tayanchso‘zlar: o‘qish fanining vazifasi, grammatika va imlo, tekshirish metodlari, ona tili o‘qtitish metodikasining tamoyillari
Metod aslida yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, “bilish va tadqiqot yo‘li”,“nazariya”,“ta’limot”kabi ma’nolarni bildiradi1. Metodika (yun.“methodike”)biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig‘indisi yoki o‘qitish usullari haqidagi ta’limot2 ta’lim berish metodlari, yo‘llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fanining predmetio‘quvchilarga o‘zbek tilini o‘rgatish yo‘llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o‘qish va yozishni, grammatika va imloni o‘zlashtirib olish to‘g‘risidagi ilmdir.
Metodika maktab oldiga qo‘yilgan ta’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o‘rgatishning vazifalarini va mazmunini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi.
Metodika fani quyidagi masalalarni o‘rganadi:
O‘qitishning vazifalari va mazmunini aniqlaydi. Nimanio‘qitishkerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang‘ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilab beradi, o‘quvchilar uchun darsliklar va qo‘llanmalar yaratib, ularni takomillashtirib, samaradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
O‘qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o‘quvchilar amaliy ishlari , mashqlar va yozma ishlarning izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni “Qanday o‘qitishkerak?”savoliga javob tayyorlab beradi.
O‘quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko‘nikma hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni “Nega xuddi mana shundayo‘qitishkerak?”savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni o‘rganadi, tanlangan metodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi yuqori sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo‘lib, u tekshiradigan masalalarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‘rgatadi. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish grammatika, imlo va unga bog‘liq holda nutq o‘stirish metodikasinigina emas, balki xat- savod o‘rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‘qish metodikalarini ham o‘z ichiga oladi.
Shulardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi fani quyidagi