Ibo‘lim.Savodo‘rgatishmetodikasi. Savod o‘rgatish metodikasi kichik yoshdagi
o‘quvchilarni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish metod va usularini aniqlash va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish masalalari bilan shug’ullanadi. Bolalarga savod o‘rgatish pedagogika fanidagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy masalalardan hisoblanadi. Chunki xalqning savodxonligi milliy istiqlol g’oyalaridan oziqlanish uchun, siyosiy onglilik uchun, yuksak ma’naviy madaniyat uchun kurash qurolidir. Hozirgi globallashuv sharoitida Respublikada har bir kishining savodxon bo‘lishiga alohida e’tibor berilishi huquqiy demokratik davlat qurilishi talablariga muvofiqdir.
bo‘lim. Sinfda o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o‘qish metodikasining predmetining vazifasi bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish o‘rqali adabiyot sistematik kursiga tayyorlash, bolalarni to‘g’ri, tez (me’yorida), ongli va ifodali o‘qish malakalari bilan qurollantirish, badiiy asarlar matni tahlili orqali o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, adabiyotni san’at asari sifatida id rok etish ruhida tarbiyalash, mustaqil o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifasi amalga oshiriladi.
bo‘lim. Grammatika, fonetika, imlo va so‘z yasalishini o‘rganish metodikasi. Bu bo‘lim elementar to‘g’ri yozuvga va husnixatga o‘rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang’ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.
bo‘lim. Nutq o‘stirish metodikasi. Bu bo‘lim boshlang’ich sinflarda alohida o‘rin tutadi. O‘quvchilar birinchi navbatda tilni, nutqni o‘quv predmeti sifatida anglaydilar, ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o‘ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o‘zining grafik shakli bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik shakli bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni ham egallaydilar. Metodika o‘quvchilar nutqini boyitish, sintaktik va bog’lanishli nutqini o‘stirishni ham ta’minlaydi. Shuni aytib o‘tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda alohida bo‘lim sifatida o‘rganilmaydi, balki ona tili fanining boshqa bo‘limlari bilan bog’langan holda shakllantiriladi.