Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

Til materiyasiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. Nutq, til qonuniyatlariga, oz bo‘lsa-da, e’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, fonetik ko‘nikmalarga etarli e’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur etadi. Bu ta’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg‘ulotlarda eshituv va ko‘ruv ko‘rsatmaliligini ta’minlashni va nutq organlarini mashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o‘qishni, ichida gapirishni) talab etadi.

  • Til ma’nolarini (leksik, grammatik, morfemik, sintaktik ma’nolarini) tushunish tamoyili. So‘zni, morfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi ma’lum voqea- hodisalar o‘rtasilagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til ma’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning hamma tomonlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat)ni o‘zaro bog‘langan holda o‘rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o‘rganish, o‘zlashtirish mumkin. Sintaksisni o‘rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so‘z yasalishiga suyanadi va hok. So‘zni morfemik tahlil qilish uning ma’nosini tushunishga yordam beradi. Tilning hamma tomonlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lib, o‘qitishda buni albatta hisobga olish kerak.

  • Tilga sezgirlikni o‘stirish tamoyili. Til juda murakkab hodisa, uning tuzilishini, izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo‘lsa-da, uning qonuniyatlarini, o‘xshashliklarini o‘zlashtirmay turib, uni yodda saqlab bo‘lmaydi. Bola gaplashish, o‘qish, eshitish bilan til materiallarini yig‘adi, uning qonunlarini o‘zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.

  • Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodaliligini (uslubga oid) tushunishni, mazmuninigina emas, balki so‘z va nutq oborotlarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy bo‘yoqdorligini ham tushunishni ko‘zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi. Bu esa matn mazmuni va uning o‘ziga xos “noziklik”larini ham anglab etishga yordam beradi.


  • Yüklə 0,53 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   107




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin