Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə36/107
tarix27.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#103558
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
MAJMUA ona tili oqitish

So‘zlarni o‘qing.
Birinchi so‘z nimani bildiryapti? Narsanimi, shaxsnimi?
Bu so‘zga qanday so‘roq beramiz?
Ikkinchi so‘z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz?
Qaysi so‘zlar sanoqni bildiryapti?
Bu so‘zlarga qaysi so‘roqni beramiz?
Qaysi so‘zlar rangni bildiryapti?
Bu so‘zga qaysi so‘roqni beramiz?
So‘zlar ichidan shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so‘zlarni to- pib, bir ustun qilib yozing.
Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so‘zlarni topib yozing.
Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so‘zlarni topib yozing va
hokazo.
O‘quvchilar topshiriqni o‘qituvchi yordamida bajarib bo‘lgach, muammoli savol o‘rtaga tashlanadi:
Yuqoridagi so‘zlar nimasiga ko‘ra farqlanyapti?
O‘quvchilar „ma’nosiga ko‘ra" degan fikrni ayta olmasalar, o‘qituvchi bu muammoni hal qiladi: Bu so‘zlar ma’nosiga ko‘ra va so‘roqlariga ko‘ra farq qiladi. O‘ylang, so‘zlarni qaysi xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratamiz? So‘zlarni nechta guruhga ajratish mumkin?
Savol-javoblardan ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib borilyapti va o‘quvchilar suhbat davomida yangi-yangi ma’lumotlarni egallab bormoqdalar. 3-4-sinflarga o‘tganda bunday suhbatlar oxirida o‘quvchilarning o‘zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o‘quvchilarning yoshi, saviyasidan tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o‘quvchilar charchab qoladilar, o‘zlashtirish darajasi ham susayadi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o‘rganilgan mavzuni mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jara­yonida qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘qituvchining topshirig‘i bilan mustaqil ishlarni og‘zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko‘p vaqtni olmasligi, o‘quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda „Yozgan so‘zlaringizni lug‘atdan tekshiring", „Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing", „Rasmni kuzating. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing“ kabi topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda ,,o‘lkamda bahor" mavzusida sujetli rasm berilgan. o‘quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o‘quvchi 5 ta, ikkinchi o‘quvchi 10 ta va hokazo so‘z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog‘, osmon, bulut, qor, terak, tol, o‘rik, ko‘ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o‘t, gul, qo‘l, oyoq, quloq, ko‘z, burun, yuz, og‘iz, barmoq, bo‘yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o‘quvchilarning e’tibor bilan kuzatishga - kuzatuvchanlikka o‘rgatadi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin