Umumta’lim maktablarida ingliz tili o’qitish bo’yicha



Yüklə 112 Kb.
tarix12.05.2023
ölçüsü112 Kb.
#112639
Uslubiy tavsiya

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA

INGLIZ TILI O’QITISH BO’YICHA

USLUBIY TAVSIYALAR.


Kirish.

Har qanday jarayon harakat tufayli amalga oshiriladi. O’qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirishga va axloqiy sifatlarni shakillantirishga qaratilgan harakatdir. Biz o’qish jarayonini qanday tushunamiz?


O’qish jarayoni –o’qituvchining va u rahbarlik qiladigan o’quvchilarning – ularga aqliy qobiliyatlarni o’stirish, dialektik dunyoqarash asoslarini tarkib toptirish va hayotga tayyorgarlikni amalga oshirish maqsadida bilim, ko’nikma va malakalartizimini ongli hamda puxta o’lashtirishga qaratilgan ilmiy asosdagi
ishlarning majmuyidir. 
Boshlang’ich maktablarda ingliz tilini o’rgatishda, o’qitishda o’qitish vositalari muhim ahamiyatga ega. Ingliz tili o’qitishning turli o’qitish vositalari mavjud. Ingliz tili o’qituvchisi ulardan foydalanib o’quvchilarga materiallarni o’rgatadi, tushuntiradi, ko’nikma, malaka hosil qiladi. Ular ytishmasa, bo’lmasa, biz o’quvchilarga ingliz tilidan to’liq amaliy bilim berishimiz, tarbiyalashamiz qiyinlashadi, sekinlashadi. Turli hil ko’rgazmalarni qo’llash tezda tushunishga, ongli o’zlashtirishga, xotirada yahshi saqlanishiga yordam beradi. Magnit doska orqali o’qituvchi turli rasmlarni, so’zlarni, kartochkalarni o’quvchilarga ko’rsatib darsni tashkil qilish mumkin. Hozirgi davrda mustaqil O’zbekistonimizni kelajagi biz yoshlar qo’lida ekan, O’zbekistonimizdagi barcha sharoitlardan unumli foydalangan halda, o’z hissamni qo’shishga astoydil qoshishga doim harakatda bo’laman.
Zamonaviylashgan texnika taraqqiyoti davrda yashayotganimdan, O’zbekiston atalmish jannatmakon yurtda yashayotganimdan juda faxrlanaman. Hozirgi kundagi sharoitlarni ko’rib, ingliz tiliga bo’lgan e’tiborni ko’rib, o’zimda ham ingliz tiliga bo’lgan qiziqishim yanada kuchaymoqda. Darslarda ovozli talafuzlardan, turli hil slaytlardan hamda rasmli ko’rgazmalardan foydalanishimiz dars samarasini yanada oshimoqda.
Bu usullar bolalar lug’atini boyitishga, o’qituvchi nutqidan kerakli so’zlarni ajratib olishga, shuningdek o’z nutqlarida egallangan so’zlarini ishlata olishga yordam beradi. Bola atrofdagilardan eshitgan hamda ko’rgan har qanday so’zlarni o’zlashtirib boradi, natijada bu so’zlar bola lug’atining mahsuliga aylanadi. O’qish maqsad, mazmun va harakatlar bilan bog’liq bo’lib, ular yordamida o’quvchilar ma’lum bilimlar, ko’nikma va malakalarni o’zlashtiradilar, o’qish o’qituvchining faolligi naijasida rivojlanadi, xarakter kasb etadi, u turli shakllarda (mehnat, jamoatchilik faoliyati, kitobhonlik, o’yin va hokazolar tarzida) amalgam oshishi mumkin, u bilishga tayanadi hamda individual tajribada shaxsning xulqida o’zgarishni vujudga keltiradi.
Biz o’qish deganda o’quvchilar voqelikni bevosita va malakalar egallashining 
rejali o’zlashtirishning maqsadga muvofiq jarayonini tushunamiz. Bunda o’qish jarayoni ma’lum darajada kuchli motivlashtirishdan vujudga keladi va uning natijasi shxsning qarashlari, e’tiqodi, xatti-harakatlari, umumiy kamolotiga,
qisqasi, uning xulqiga ta’sir ko’rsatadigan mavjud bilim va ko’nikmalar 
zahirasining ortishida namayon bo’ladi, deb bilmiz. 
O’qituvchi o’quvchilar ishini borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirish va hokazolar bilan bolalarning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. Shunga ko’ra, ta’lim birinchidan o’qishni, ikkinchidan o’qitishni, ya’nio’qishni va shu bilan birga, uni nazorat qilish hamda tuzatish jarayonlarini o’z ichiga oladi, deyish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish tamoyillari.
Ta’lim tarbiya jarayoni didaktik, psixologik, lingvistik, metodik va boshqa qonuniyatlarga amal qiladi. Ularning ayrimlari barcha fanlar uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Bu qonuniyatlar ta’limning umumdidaktik tamoyili deyiladi. Boshqa qonuniyatlar esa ayrim fanlarni o‘qitishga xos bo‘lishi mumkin, masalan; ingliz tili o‘qitish tamoyillari. Tamoyil tushunchasi didaktikada hali to‘la hal etilmagan. Agar bir guruh tamoyillar ta’lim jarayonining qonuniyatlarini ifodalasa, ikkinchi guruh tamoyillar qaysidir nutq faoliyatining turiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni ifodalaydi, uchinchisi esa til materialining qaysidir bo‘limiga xos bo‘lgan tamoyillardir. Oxirgisi maxsus tamoyillar deyiladi2 . Tamoyil (prinsip) termini «asos bo‘ladigan yo‘l-yo‘riq, qonun-qoida» ma’nosini ifodalaydi. Ye.I.Passov fikricha, «tamoyil – o‘qitish jarayoni atalmish binoning poydevoridir»3 . Konsepsiya va tamoyillarning to‘g‘ri tanlanishi darsda tashkil etiladigan faoliyatning samaradorligini ta’minlaydi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ushbu faoliyatga qiziqishlarini orttiradi.
Ingliz tili o‘qitish amaliyotida taklif etilgan qoidalar va qarashlar lingvodidaktik (tillar ta’limshunosligi) tamoyillar maqomida umumlashtirilgan va ilmiy asoslangan. Masalan, J.Jalolov nomlanishi va mohiyatida tafovutlar bo‘lishiga qaramay, quyidagi didaktik tamoyillarni umumlashtirgan: tarbiyaviy ta’lim, onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, sistemalilik (izchillik), individual yondashish, (bilimlarni) puxta o‘zlashtirish, o‘quvchi kuchiga moslik kabilar. N.A.Gorlova boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning didaktik 13 tamoyillarini quyidagicha umumlashtirgan: faollik, ko‘rgazmalilik, o‘quvchi salohiyatiga moslik, individual yondashish, sistemalilik. Ilmiy manbalarni o‘rganib chiqib boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 1. O‘quvchilarning ingliz tilio‘rganish usullari, strategiyalari va qobiliyatini inobatga olish. 2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish. 3. Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish. 4. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish. 5. O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish. 6. Nutq namunalari asosida ingliz tilio‘rgatish. 7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida).
Ingliz tili o‘qitish metodikasining, (a) umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, chegaralab va yaxlit o‘rgatish, mashqlar bajarish, til tajribasini hisobga olish), (b) xususiy (nutq namunasi asosida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni jadallashtirish), (d) maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda xorijiy tillarni boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik. 1. Vizual yondashuv va multisensor (barcha nutq analizatorlarini to‘liq qo‘zg‘atuvchi) o‘rganishni tatbiq etish. Ya’ni o‘quv materialini puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida ko‘rish, eshitish, harakat (nutq harakat va qo‘l harakat) analizatorlari ishtirokida ko‘plab mashq qilish. 2. Yaxlit (leksika, grammatika va talaffuzga oid til materialini yaxlitligicha) o‘rgatish. 15 3. Nutqiy yo‘nalganlik (leksik, grammatik va talaffuz mashqlari nutq faoliyatini egallash maqsadida bajarish). 4. Nutq namunalari asosida ingliz tili o‘rgatish. 5. Ona tili va bilingv o‘quvchilarning ikkinchi tilini o‘zlashtirishdagi til tajribalarini hisobga olish.
Birinchi va ikkinchi sinf o‘quvchilari uchun shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi va kommunikativ o‘yin mashqlaridan namunalar 1. Shakllantiruvchi mashqlar 1.1. Teach the fruit vocabulary Oʻqituvchi imkon qila olsa, darsga plastik mevalar olib keladi va ularni mashgʻulot boshlashdan avval savatga (yoki qutiga) solib qoʻyadi. Oʻquvchilar bilan salomlashib va oʻtilgan mashgʻulot takrorlanib olinganidan soʻng oʻqituvchi qutini silkitadi. Qutidan chiqayotgan tovush oʻquvchilar eʻtiborini tortadi. Oʻqituvchi qutini ochib ichidan bitta meva oladi va uni goʻyoki tishlagan va chaynagandek ishoralar koʻrsatadi: Yummy! Delicious! Oʻqituvchi oʻquvchilar oldiga borib, ularni ham yolgʻondakam tishlash va chaynashga, keyin «Yummy! Delicious!» deyishga ragʻbatlantiradi. Barcha oʻquvchilar meva bilan taqlid mashqini bajarib olganidan soʻng oʻqituvchi mazkur mevaning inglizcha nomini aytadi: This is an apple. This is a red apple. This is a delicious apple. This is a delicious red apple.Oʻqituvchi barcha mevalarning inglizcha nomini shu tariqa tanishtirib boradi. 1.2. Fruit Fetch Oʻqituvchi guruh oʻquvchilariga yetarli miqdordagi sabzovot fleshkartalarini polga sochib yuboradi va oʻquvchilardan ularni olib kelishni soʻraydi: Zebo fetch me the red peach, please. Bobur fetch me the yellow apricot, please. Gulzira please, fetch me the green apple.(Apple, apple. Fetch me an apple, the green apple. Be quick). Oʻquvchilar mevalarni olib kelishganida oʻqituvchi ular bilan qisqa dialog tuzadi: Here you are! Thank you. You are welcome. 1.3. Fruit Rope Jump Oʻqituvchi polga uzun arqon tashlaydi va arqonning narigi tomoniga mevalarni qator teradi. Oʻquvchilar saf tortib turishadi va navbati bilan arqondan sakrab 187 oʻtishib oʻqituvchi aytgan mevani tanlaydi va uni quti ichiga solidi: Bobur run to the rope. Jump over the rope. Take the red apple and put it into the box. Oʻquvchilar arqondan sakrab o’tishlari ham mumkin. Buning uchun ikki nafar oʻquvchi arqonning ikki uchidan ushlab turishi lozim boʻladi. 2. Rivojlantiruvchi mashq 2.1. Substational drill T: My father likes apples. Ss: My father likes apples. T: Mother. Ss: My mother likes apples. T: Sister Ss: My sister likes apples. T: Brother. Ss: My brother likes apples. 2.2. Replacement drill T: My father likes apples. Ss: He likes apples. T: My mother likes apples. Ss: She likes apples. T: My sister likes apples. Ss: She likes apples. T: My brother likes apples. Ss: He likes apples. 2.3. Expansion drill T: I like apples. S1: I like red apples. T: I like peaches. S2: I like delisious peaches. 2.4. Chain dril. P1: I like apples. P2: I like apples and peaches. P3: I like apples, peaches and apricots. 188 3. Kommunikativ mashq 3.1. Oʻqituvchi parta ustiga mevalarni yoyadi va ularni birma-bir olib, ikki tamonga ajrata boshlaydi: Yummy! I like (apples)! Yoqtirgan mevasini oʻng tomonga, yoqtirmaganini chap tomonga: Yuk! I donʻt like (lemons).Oʻqituvchi oʻng tomonga qarab «I like apples, grapes, peaches … etc.» deydi. Oʻqituvchi chap tomonga qarab «I do not like lemons, cherries, …» deydi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga «What fruit do you like?» deb murojaat qiladi. Oʻquvchilar savolga oʻzlaridan kelib chiqib javob beradilar: Yummy! I like …….. Yuk! I do not like ……. 3.2. Oʻquvchilarni ikki jamoaga ajratishda quyidagi oʻyindan foydalanish mumkin: Oʻqituvchi ikkita onaboshi saylaydi. Qolgan oʻquvchilar ikkitadan boʻlib oʻzlaro kelishib nom tanlashadi va onaboshilar oldiga kelib ulardan soʻrashadi: Would you like apple or peach? Onaboshilar oʻquvchilar aytgan soʻzlardan birini tanlashadi: I would like apple. I would like peach. Shunday qilib apple va peach turli jamoaga oʻtishadi. 3.2. Jamoalarga boʻlishning quyidagi ususli ham mavjud. Oʻqituvchi oʻquvchilar qoʻliga yashirincha flesh kartalar yoki meva danaklari beradi. Oʻquvchilar meva danaklarini yoki kartalarni hech kimga 189 koʻrsatmasliklari kerak. Ona boshilar oʻqituvchi savoliga javob berish orqali oʻz jamoalarini shakllantiradilar. T: What fruit do you like? S1: I like lemon. S2: I like orange. 3.3. Fruit wall touch Oʻqituvchi xona devorlariga turli meva fleshkartalarini yopishtirib chiqadi va devor tagidan oʻtayotib yoqtirgan mevalariga qoʻl tekkizib oʻtadi: I like apples, apricots, oranges and grapes. Oʻquvchilar ham oʻqituvchiga taqlidan oʻz yoqtirgan mevalariga qoʻl tekkazib oʻtadilar: I like cherries, peaches, grapes. 3.5. Yes/No Guess Oʻqituvchi guruhni ikki jamoaga boʻladi va birinchi jamoa oʻquvchilariga turli rasmlar tarqatadi. Ikkinchi jamoa aʻzolari esa birinchi jamoa aʻzolariga savollar berib, meva nomini topishga urinadilar: S1: Is it red? S2: No, it isnʻt. S1: Is it yellow? S2: Yes, it is. S1: Is it a banana? S2: Yes, it is! 3.4. Shopping shopping Oʻqituvchi oʻquvchilarga xarid roʻyxati sifatida mevalar rasmi tushirilgan flesh kartalar beradi va oʻzi sotuvchi rolini oʻynaydi. Oʻquvchilar navbati bilan qoʻllaridagi rasmga muvofiq turli mevalar sotib olishi kerak. Oʻqituvchi parta ustiga turli qadoqlarda mevalar terib olishi zarur. T: Good morning! It is sunny today. S: Hello! Yes it is hot today. T: What would you like today? S: I would like some cherry jam, please. T: Anything else? 190 S: I would like some apricot jam, too. T: Here you are. Have a nice day! S: Thank you. Goodbye. 3.5. Gʻozlarim, gʻozlarim Oʻqituvchi «Gʻozlarim, gʻozlarim» oʻyinini oʻzbek (yoki rus) tilida oʻynaydi. Oʻzbek tilida yodlangan sanoq sheʻrni ingliz tiliga oʻgirish bolalar uchun qiziqarli mashgʻulot boʻlishiga ishonamiz. Pedagogik nuqtayi nazardan ushbu sanoq sheʻrga oʻzgartirish kiritildi. Oʻqituvchi: Goʻzlarim, gʻozlarim. (Geese, geese, geese) Oʻquvchilar: Gʻa, gʻa, gʻa. (Ga, ga, ga) Oʻqituvchi: Qorningiz ochdimi? (Are you hungry?) Oʻquvchilar: Ha, ha, ha. (Yes, we are.) Oʻqituvchi: Yeysizlarmi murabbo va koʻkatlar? (Would you like jam and greens?) Oʻquvchilar: Yoʻq, yoʻq, yoʻq. (No, no, no) Oʻqituvchi: Yeysizlarmi don va loviyalar? (Would you like corn and beans?) Oʻquvchilar: Ha, ha, ha. (yes, yes, yes) Oʻqituvchi: Buyoqqa kelinglar. (Come here, please.) Oʻquvchilar: Yoʻlda boʻri bor. (A wolf is on the road) Oʻqituvchi: Boʻriga tutqich bermay oʻtinglar. (Do not let the wolf to catch you.) 3.6. Folbin oʻyini Oʻqituvchi oʻquvchilarga origami usuli bilan qogʻozdan quyidagi shakl yasashni oʻrgatadi. Shakl yasab boʻlinganidan soʻng uni ichiga va tashiga turli mavzularga moslab rasmlar yelimlash mumkin. Ushbu shakl koʻmagida ranglar, kasb nomlari, sonlar, mevalar, sabzavotlar mavzusiga oid leksik material mashq qilinishi mumkin. 191 What is your favorite fruit? What is your favorite number? What is your favorite job? What do you want to be? What is your favorite color? What is your favorite number? 3.7. Oq terakmi, koʻk terak Oʻquvchilar ikki guruhga ajralishadi va «Oq terakmi, koʻk terak?» oʻyinidagi kabi qarama qarshi tarafga ikki qator boʻlib saflanishib bir-birlarining qoʻllaridan ushlab turishadi. Bir tomondagilar (mevalar) ikkinchi tomondagilar (sabzavotlar) dan soʻraydi: Gr1: Are you hungry? Gr2: Yes we are. Gr1: What would you like( to eat)? Gr2: (We would like to eat an) apple? Birinchi tomondagi apple oʻquvchi «I am a green, green apple. I am delicious. I am rich in vitamins.» deb, ikkinchi tomondagi jonli devorga qarab yuguradi. Oʻquvchi jonli devorni kesib oʻtsa u oʻzi bilan bir sabzavot oʻquvchini jamoasiga olib keladi, aksincha boʻlsa oʻzi ikkinchi jamoa tarkibida qolib ketadi.
Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin