Umumta'lim maktablarida sharq musiqiy olimlar ijodini o'rganish orqali o'quvchilarni musiqiy tafakkurini o'rganish mundarija: kirish I bob. Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlari
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA SHARQ MUSIQIY OLIMLAR IJODINI O'RGANISH ORQALI O'QUVCHILARNI MUSIQIY TAFAKKURINI O'RGANISH MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………2 I BOB. TA’LIM MUASSASALARIDAGI MUSIQA MASHG`ULOTLARI
1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy tarbiyasi………………………..4
1.2.Umumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa tarbiyasi………………………7
1.3.Darsdan tashqari musiqa mashg`ulotlari…………………………………14
II BOB. SHARQ MUSIQIY OLIMLAR IJODINI O'RGANISH ORQALI O'QUVCHILARNI MUSIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH…….17
2.1.Umiumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil
Etish……………………………………………………………………………17
2.2.Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish…….22
XULOSA VA TAVSIYALAR …………………………………………29 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ………………….31
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Musiqa tarbiyasi haqida fikr yuritar ekanmiz, birinchi navbatda musiqaning bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi, musiqaning ular tomonidan idrok etilishi bizni qiziqtirgan eng muhim masala bo`lib turadi. O`quvchi yoshlarnini badiiy-estetik tarbiyalashda, ularning ma’naviy jihatdan yetuk, barkamol inson bo`lib yetishishlarida musiqa tarbiyasining ahamiyati juda katta ekanligi hozirgi kunga kelib tobora ko`proq namoyon bo`lmoqda. Butun dunyoni o`zining dilbar milliy kuy-qo`shiqlari bilan maftun etayotgan o`zbek xalqining madaniy tarixiga bir nazar solsak, san’atsevar xalqimiz hayotida musiqa san’ati alohida muhim o`rin egallab kelayotganligining guvohi bo`lamiz.
Biz insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi. Kelajak avlod tarbiyasida san’atning, xususan, musiqa san’atining tutgan o`rni beqiyosligini nazarda tutib gapiradigan bo`lsak, musiqa haqida quydagilarni aytishimiz mumkin:
a.) Musiqa – o`z tabiatiga ko`ra hissiy va ruhiy kechinmalar uyg`otuvchi,
b.) Musiqa - kishilarda nozik didni tarbiyalovchi,
d.) Musiqa - tinglovchini ham, ijrochini ham nafosatga, ma’naviy barkamollikka undovchi kuchli vosita.