Presslash kamera 1 qizib turgan idishda joylashgan.
Erigan metall porhshen 3 tepaga qo’tarilanganda 2- nchi teshiklardan presslash kameraga o’tadi.
Porshyen pastga yurganda metall bosim bilan press-forma 4 ga qarab harakatlanadi.
Metall qoliplarga suyuq metall bosim ostida beriladi.
Bosim qolip yaxshi to’lishini, quyma yaxshi zichlanishini ta’minlaydi.
Bu usul bilan yirik seriyalab va ko’plab ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Misdan tayyorlangan quymalarni 30 kg gacha, alyuminiydan - 12 kg gacha olish mumkin.
4. Eritiladigan modellar yordamida quyma olish.
Bu usul quyidagicha amalga oshadi.
1) Oson eriydigan moddalar (parafin)dan tayorlangan press-formani bosim bilan toldiradi (1);
2) Keyin modellar havoda sovitiladi va bloklarga yig’iladi (2);
3) Bloklar, suyuq shishaga botiriladi (3), o’tga chidamli materiallar bilan qoplanadi (4), 100 — 120°С ga qizdiriladi – parafin oqib tushadi (5);
4) Bloklar 800 — 850°С da qizdirib puxtalanadi, qolip yig’iladi, atrofi qum yoki pitra bilan zichlanadi (6);
5) Suyuq metall qolipga quyiladi (7), metall qotgandan keyin blok alohida buyumlarga ajratiladi (8).
3.5. Quyushning markazdan qochma usuli.
Markazdan qochma usul yuqori unumligi, quyma sifatining yaxshiligi, quyish sistеmasi talab etilmasligi bilan ajralib turadi.
Bu usulning kamchiligi - faqat doiraviy shakldagi quymalarni olinish mumkin va qōshimcha uskunalar (presslar, platformani aylantiruvchi dvigatel) talab qilinadi.
Olinadigan quyma turiga kōra qoliplar gorizontal (suv va kanalizatsiya quvurlari) va vеrtikal ōqlar (shkiv, tishli ѓildirak vtulka, xalqa) atrofida aylanadi.