Umurtqalilarda Nerv Tizimlarini Filogenezi Ibaydullayeva uldanay



Yüklə 5,89 Kb.
tarix25.05.2022
ölçüsü5,89 Kb.
#59418
Umurtqalilarda Nerv Tizimlari Filogenezi-hozir.org


Umurtqalilarda Nerv Tizimlari Filogenezi

Umurtqalilarda Nerv Tizimlarini Filogenezi

Ibaydullayeva uldanay

Nerv sistemasi asosini nerv hujayralari tashkil qiladi. Har bir hujayra oʻzidan chiqqan kalta shoxchalar (dendrit), bitta uzun tola (akson) bilan birga neyron deb ataladi. N.s, asosan, neyronlar toʻplamidan iborat. Nerv sistemasi filogenez va ontogenezda gavdaning tashqi qavati — ektodermadan rivojlanadi. Organizmlarning tarixiy rivojlanish jarayonida Nerv sistemasining tuzilishi murakkablashib, nerv hujayralarining hajmi va turlari osha borgan, neyronlar strukturasi va ayrim nerv hujayralari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, shu bilan birga Nerv sistemasining funksiyasi ham shakllangan. Nerv sistemasiga xos ikkinchi toʻqi-ma — neyrogliya paydo boʻlgan (u tayanch va trofik funksiyalarni bajaradi). Nerv sistemasi ning rivojlanishi davrida markaziy nerv sistemasi va periferik nerv sistemasi vujudga keladi. Nerv sistemasi shartli ravishda ikki qismga boʻlinadi. Ulardan biri organizmning odam ixtiyoriga boʻysinmaydigan aʼzolariga borib, ularni nerv bilan taʼminlaydigan vegetativ nerv sistemasidkr. Ikkinchi qism odam ixtiyoriga boʻysinib, skelet muskullariga va harakatda ishtirok etadigan ayrim aʼzolarga borad

Asab tizimi bir butun organizimning turli a`zolar tiziimi va sezgi organlari faoliyatini bir-biriga bog`liq holda ishlashni muvofiqlashtirib turadi va har bir tizim funksiyalarini tartirbli ishlashini ta`minlaydi. Shuningdek, tirik organizimning tashqi muhit bilan munosabati ham asab tizimi orqali amalga oshiriladi. Barcha umurtqali hayvonlarda asab tizimi embrion tanasining dorsal qismidagi ektodermadan rivojlanadi. Gastrulyatsiya davrida ektodermadan asab plastinkasi hosil bo`ladi. Keyinchalik plastinka tarnovchaga va nihoyat asab nayiga aylanadi. Asab nayining avvalgi qismida dastlab uchta birlamchi miya pufakchalari: old, o`rta va keying pufakchani hosil qiladi. Mazkur pufakchalar bosh miya qismlarining kurtagi hisoblanadi, kelgusida avvalgi pufakdan , avvalgi va oraliq miya, o`rta pufakdan o`rta va orqa pufakdan miyacha hamda uzunchoq miya rivojlanadi. Asab nayining keying qismidan umurtqa pog`onasining kanalida joylashuvi orqa miya shakillanadi.

To`garak ag`izlilar , baliqlar va amfibiyalarning bosh miyasida o`rta miya yetakchi ahamiyatga ega bo`ladi. Shu sababli o`rta miya ularda miyaning qolgan qismlariga qaraganda yaxshi rivojlangan. Bosh miya yarim sharlari ularda hid bilish markazi vazifasini o`taydi. Bunday tipdagi bosh miya ixtiopsid miya deyiladi. Reptilialar va qushlar bosh miyaning yetakchi va rivojlangan qismi bosh miya yarim sharlaridir. Bosh miya yarim sharlarining yuzasida orolcha shaklida miya po`stlog`ini ko`rish mumkun. Lekin yarim sharlar ularda miyaning asosi hisobiga kattalashadi, po`stlaoq deyarli ahamiyat kasb etmaydi. Bunday tipdagi bosh miya zauropsid miya deb yuritiladi. Zaurapsid miya murakkab reflakslar hosil qilish imkonyatiga ega. Buning natijasida reptiliyalar va qushlar tashqi muhitga oson moslasha oladi. Bu ayniqsa qushlarda juda sezilarli bo`lib miyaning murakkablashishi ularning keng tarqalishiga , muhitning turli sharoitlariga moslashishiga olib kelgan. Sutemizuvchilarning bosh miyasi mammaltipda tuzilgan bo`lib , unda bosh miya yarim sharlari yetakchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yarim sharlar miya tomining po`stlog`I hisobiga rivojlanadi.

UMURTQALILARNING BOSH MIYASI O`ZARO MIYA QISMLARINING HAJMI, TARAQQIYOTI DARAJASI BILAN FARQ QILADI.

ODAMLARDA RIVOJLANISHNING ILK BOSQICHLARIDAYOQ AVVALGI MIYA QOLGAN QISMLARGA NISBATAN TEZROQ RIVOJLANA BOSHLAYDI. BARCHA UMURTQALILARDA ASAB TIZIMI IKKITA QISMDAN- MARKAZIY VA PERIFERIK ASAB TIZIMIDAN IBORAT. ASAB TIZIMINING EVOLUYTSIYASIDA SEZGI ORGANLARI KATTA ROL OYNAYDI. AYNAN SEZGI A`ZOLARINI TANANING AVVALGI TOMONIDA MUJASSAMLANGANLIGI, ASAB NAYINING AVVALGI BO`LAGI BO`LGAN AVVALGI MIYANING KUCHLIROQ RIVOJLANISHIGA OLIB KELGAN. MIYANING AVVALGI PUFAGI-HID BILUV RETSEPTORLARI, O`RTA PUFAGI-KO`RISH RETSEPTORLARI, ORQA PUFAGI ESHTISH RETSEPTORLARI TA`SIRIDA SHAKLLANGAN DEB TAXMIN QILINADI.

Shunday qilib nerv sistemasining evoluysiyasi tashqi muhitga, sezgi organlariga bog`liq ravishda kichadi. Evolutsiya jarayonida miyaning oliy boshqaruvchi markazlari uning oldingi qismi tomon siljiydi va kulrang moddaning miqdori tobora ortib boradi. Sezgi organlarining evoluytsiyasi ham yashash muhitiga bog`liq ravishda rivojlanadi va o`z navbatida nerv sistemasi takomiliga bog`liq bo`ladi.

Nerv kassaliklari


  • Nerv kasalliklari, asab kasalliklari — nerv sistemam kasalliklari. Markaziy va periferik nerv sistemasining biror sababga koʻra umuman yoki qisman shikastlanishi natijasida kelib chikadi. Nerv kasalliklari organik va funksional boʻladi. Organik Nerv kasalliklari zaminida markaziy va periferik nerv sistemasining anatomik struktur oʻzgarishlari yotadi. Bunga infeksion ka-salliklar, intoksikatsiya, shikastlanishlar, oʻsmalar, tomir kasalliklari va boshqa sabab boʻladi. Bosh yoki orka miyaning turli qismlari zararlanishi bilan kechadigan organik Nerv kasalliklarida periferik nerv sistemasida falaj, tirishish, giperkinezlar, reflekslar izdan chiqishi, sezuvchanlik, ogʻriq va boshqa sezgilarning buzilishi kuzatiladi. Funksional Nerv kasalliklarida nerv sistemasida aytarli anatomik oʻzgarishlar boʻlmaydi, bunga nevrozlar kiradi. Nerv sistemasining irsiy kasalliklari (miopatiya, miotoniya va boshqalar) alohida guruhni tashkil etadi. Nerv kasalliklarini nevrologiya va nevropatologiya fani oʻrganadi. Nerv kasalliklaridan nevrozlar, insult, ensefalit, meningit, poliomiyelit, nevrit, radikulit, epilepsiya va boshqa uchraydi.[1]

E`tiboringiz uchun rahmat.



http://hozir.org
Yüklə 5,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin