Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Mavzuning maqsadL
Dafniyaning 
tuzilishi, 
ko'payishi 
va 
rivojlanishini o‘rganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari:
1.1. Dafniyalaming yashash sharoitini tushuntira oladi.
1.2. Dafniyalaming tashqi tuzilishini aytib bera oladi.
1.3. Dafniyalaming ichki tuzilishi va ko‘payishini izohlay oladi.
1.4. Dafniya va siklopni tuzilishini bir biridan farqlay oladi.
Ishning mazjmunu
Dafniya shoxdor mo‘ylovli qisqichbaqalar, ya'ni
suv 
burgalari 
kenja 
turkumiga 
mansub 
bo‘lgan 
mayda 
qisqichbaqasimonlardir. Ular har xil hajmdagi chuchuk suv havzalarida
sholipoyalarda uchraydi. Tanasi 1-3 mm kattalikda bo‘lib, ikki yon 
tomonidan yassilangan va xitindan iborat to‘rsimon chig‘anoqning 
ichida joylashgan (55-rasm).
Lekin chig‘anoq yupqa va tiniq boiganligi uchun uning ichki 
organlari ko‘rinib turadi. Chig‘anoqning qorin va dum tomonlari ochiq 
bo‘lib, uning ichidan doimo suv o ‘tib turadi. Suv bilan birga dafniyaning 
qorin qismidagi jabrali oyoqlari atrofiga suvda erigan kislorod keladi. 
Chig‘anoqning keyingi uchi esa muvozanatni saqlash vazifasini 
bajaradigan uzun o‘simta hosil qiladi.
149


55-rasm. D afniyaning tuzilishi: 1-antenullasi, 2-antennasi, 3-nauplius ko‘zi, 4-
murakkab ko‘zi, 5-maksillyar bezi, 6-yuragi, 7-ko‘krak oyoqlari, 8-ayricha,
9-nasl xonasi, 10-tuxumdoni, 1 l-muskullari, 12-jigar o ‘simtasi.
Dafniyaning boshi yarim shar shaklida bo‘lib, uning oldingi qismi 
tumshuqsimon cho‘zilgan bo‘ladi. Bosh qismidagi antennulalari 
rivojlanmagan, ular qisqagina o ‘simta shaklida, juft antennalari esa 
ancha uzun bo‘lib, ulaming har biri ikki shoxchadan tashkil topgan. 
Bular dafniyaning harakatlanish organidir. Antennalar yordamida 
dafniya suvga tayangan holda sakrab-sakrab harakatlanadi, shunga ko‘ra 
“suv burgasi” deb ham ataladi.
Shuningdek, dafniyaning bosh qismida bittadan murakkab yoki 
fasetkali ko‘zi va oddiy nauplius ko‘zchasi joylashgan. K o'krak 
qismidagi 5 ju ft yassi oyoqchalarida jabralari bor. Bu oyoqchalar 
suvdagi oziq zarralarini sizib olishda ham muhim ahamiyatga ega. M ana 
shi jarayonda suv bilan birga kirgan mikroorganizmlar, suv o ‘tlari, 
sodda hayvonlar va mayda kolovratkalarni sizib olib og‘iz tomonga 
qarab haydaydi. Demak dafniyalar filtrlovchilardir.
Dafniyaning ichki organlaridan ovqat hazm qilish sistemasini, 
yuragi va nasi xonasini ko ‘rish mumkin. O g‘iz tananing oldingi uchid 
joylashgan bo‘lib, u yuqoriga lab bilan yopilgan b o iad i. O g‘izdan keyin 
boshlanadigan qisqa qizilo‘ngach o ‘rta ichakka ochiladi, u esa o ‘z 
navbatida orqa ichakka ulanadi. Dafniyalaming o ‘rta ichagi “jigar” 
o ‘simtasi deb ataluvchi ju ft o ‘simtani hosil qiladi. Yuragi tanasining 
yelka tomonida joylashgan. Dafniyalarda qon tomirlari bo‘lmaydi. 
Yurakning ikki yon tomonida bittadan qon kiradigari va oldingi
150


tomonida bitta qon chiqadigan teshikchalari-ostiyalari bor. Yurak 
qisqarganda qon vazifasini bajaradigan gemolimfa suyuqligi uning 
oldingi teshikchasidan chiqib, bosh tomonga yo‘naladi. Undan qaytib 
qorin tomondagi tana bo‘shlig‘ida keladi. Shu yerda oyoqlarda 
oksidlanib, ostiyalar orqali yurakka o‘tadi.
Dafniyalar ayrim jinsli, erkaklari urg‘ochilariga nisbatan kichikroq 
bo'ladi. Urg‘ochilarining yelka tomonida-chig‘anoqning ostida tuxum 
kamerasi joylashgan. Tuxum kamerasi tuxumdon bilan bevosita 
bogiangan bo'ladi. Kameraga tushgan urug'lanmagan tuxumlar to 
ulardan 
kichik dafniyalar 
paydo 
bo'lgunga 
qadar rivojlanadi. 
Urug'langan yoki qishlab qoluvchi tuxumlar esa dafniyalar o'lgandan 
keyin uning chig‘anog‘i ostida egarcha-efippiylar hosil qiladi. Efippiylar 
qishlab qoluvchi tuxumlarni tashqi muhit ta'siridan saqlaydi va shamol 
yordamida boshqa suv havzalariga tarqalishiga yordam beradi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin