mumkin. Tayyorlangan preparatlarni Romanovskiy-Gimza bo‘yog‘iga
bo‘yash kerak.
Leyshmaniyalar juda kichkina bo'lgani uchun
preparatlarni tekshirganda immersionli obyektiv ishlatiladi.
Preparatga bir tomchi kedr yog1 ini tomizib, uni mikroskop
stolchasiga qo‘ying, keyin obyektivni ehtiyotlik bilan kedr yog‘iga
tekkaniga qadar pastga tushirib fokusga to‘g‘irlang. Parazitlar ko‘mik
hujayralaming protoplazmasida ham hujayradan tashqarida ham boiishi
mumkin. Hujayraning ichida leyshmaniyalar ko‘p vaqtda bir necha
o'nlab, hatto 100-200 tadan uchraydi. Preparatda leyshmaniyani
qidirganda Ramanovskiy-Gimza bo‘yog‘i bilan bo‘yalgan bo‘lsa,
parazitning protoplazmasi havo rang yoki ko‘k, yadrosi esa to‘q
gunafsha rangga bo*ya!adi.
Leyshmaniyalami
tekshiring,
yadrosini,
blefaroplastini
va
xivchinining ildiz qismini toping. Preparat tayyorlashning iloji boimasa,
bu ishni tayyor doimiy preparatlar orqali ham bajarish mumkin.
Leyshmaniyaning rivojlanish sikli rasmini chizing.
Dostları ilə paylaş: