Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Gregarinalarning rivojlanishi: 1-ichak epiteliy hujayrasi; 2-spora



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

12-rasm. Gregarinalarning rivojlanishi: 1-ichak epiteliy hujayrasi; 2-spora;
3-sporozoitlar; 4-5-epiteliy hujayrasidagi sporozoitlar; 6-7-sporozoitning o‘sib
gregarinaga aylanishi; 8-deytomerit; 9-protomerit; 10-epimerit.
32


Ishni bajarish tartibl
1. Stakanga bir necha tirik suvaraklar soiinib, 
unga paxtaga shimdirilgan efir yoki xloroform tashlanadi. Suvaraklar 
harakatdan to‘xtab, bexush bo‘lganidan keyin ularning tanasi ochiladi. 
Buning uchun o‘tkir uchli qaychi yordamida suvarakning qorin 
tomonidan to bosh qismining chegarasigacha ikki yon tomoni (tergit 
bilan sternitning birlashgan joyi) qirqiladi va yelka tomonidagi xitin 
qoplag‘ichi qisqich bilan ajratib olinadi.
Vannachaga to‘g‘nagichlar bilan uning bosh va qorin tomoni 
mahkamlanadi va ustidan suv quyiladi. Bunda suvarakning ichki 
organlari suvning ustiga ko‘tariladi.
2. 
Suvarakning orqa ichagini topib, qaychi bilan qirqib olinadi va 
soat oynasiga o‘tkaziladi, keyin uning ustiga tomizgich bilan fiziologik 
eritma quyiladi. Ichak preparoval ninalar yordamida titilib, mayda 
bo‘lakchalarga ajratiladi. Hosil boigan cho‘kma suv bilan aralashtirilib
undan bir tomchi buyum oynasi ustiga tomiziladi va usti qopIag‘ich 
oyna bilan yopilib, mikroskopning kichik obyektivi orqali kuzatiladi.
3. Gregarinaning epimerit qismining tuzilishiga e'tibor bering, 
undagi yopishish organoidlarini o‘rganing va rasmini chizing.
4. Sizigi holatidagi gregarinalami mikroskop yordamida kuzating, 
gregarinaning ko‘payishini o‘rganing va rasmini chizing.
Gregarinalaming tuzilishi va rivojlanish jarayonlari sxemasini
al’bomga chizib oling hamda bilimingizni nazorat qiiish uchun
quyidagi test topshiriqlariga javob bering. C=22.
1. Gregarinalarga xos tuzilish beJgilarini ko‘rsating: A-tanasi 
sharsimon, B-tanasi uzun chuvalchangsimon, V-tanasi 2 qismdan, ya’ni 
epimerit va deytomeritdan iborat, G-tanasi 3 qismdan, ya’ni, epimerit, 
protomerit va deytomeritdan iborat, D-tanasi qalin parda-kutikula bilan 
qoplangan, E-tanasi yupqa elastik parda-pellikula bilan qoplangan,
2. Gregarinalar qanday harakatlanadi? A-gavdasining qisqarishi va 
cho‘zilishini ta’minlaydigan mionemalar bor, B-harakatlanmaydi, V- 
butun tanasi bilan siljib harakatlanadi, G-kipriklari yordamida 
harakatlanadi.
3. Gregarinalar qanday ko‘payadi? A-jinssiz ikkiga boMinib, B- 
jinsiy usulda, V-kurtaklanib, G-ikkita gregarina juft bo‘Iib qo‘shiladi va 
zigota hosil qiladi.
4. Gregarinaning rivojlanish siklini tartib bilan ko‘rsating: A-ikkita 
gregarina juft bo‘lib oldinma-keyin qo‘shiladi, B-ikkala gregarina 
yumaloqlanib, umumiy pardaga o‘ralib sista hosil qiladi, V-sizigi hosil 
qiladi, G-har bir gregarinaning yadrosi ko‘p marta bo‘linadi, D-sista
33


iehidagi gregarinalar o‘zaro qo‘shilmaydi, E-har xil mayda bir hujayrali- 
gametalar paydo qiladi, J-zigotalar duksimon shaklda, usti qalin parda 
bilan o‘ralib oosista yoki spora hosil qiladi, Z-makro- va mikrogametalar 
qo‘shilib, zigota hosil qiladi, I-oosistalar tashqi muhitga chiqadi, K- 
oosistalarda sporozoid hosil boMadi, L-sporozoidlar bor oosistalar 
xo‘jayin tomonidan oziq bilan yutilganda, oosista qobigM erib, 
sporozoitlar ichak epiteliysiga kiradi.
5. 
Gregarinalar qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi? A-gregarinalar 
erkin holda suvda yashaydi, B-hasharotlardan: suvaraklar, mitalar, 
nmachilaming 
lichinkalari 
ichagida 
yashaydi, 
G-qo‘ngMzlar 
lichinkalarining ichagida yashaydi, D-sutemizuvchilar va odamlaming 
ichagida parazitlik qiladi, E-tayyor ovqatni butun tana yuzasi bilan 
shimib oziqlanadi, J-oziqni og‘zi orqali tutib oziqlanadi, Z-hazm 
qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalari bor, I-qisqaruvchi va hazm qiluvchi 
vakuolalari yo‘q.
6-mashg‘ulot. Eym eriyalarning tuzilishi va rivojlanish sikli
Eym eriyaning sistem atik holati
Tip. Apikomplekslar-Apicomplexa
Sinf. Sporalilar-Sporozoa
Turkum . Koksidiyalar-Coccidiida
Kenja turkum . Eymeriyasim onlar-Eimeriina
Vakil. Eym eriya-Eimeria magna
Kerakli 
materiallar 
va jihozlar.
Koksidiyalarga 
tegishli 
mikropreparatlar, probirkada fiziologik eritmadagi eymeriya oosistalari, 
ulami tuzilishi hamda rivojlanish sikli aks ettirilgan rangli jadvallar, 
dioproektor, mikroskop, qoM lupalari, binokulyarlar, qisqichlar, buyum 
va qoplagMch oynalar, simli ilmoqlar, stakan, to‘r sim, kyuveta, 
to‘yingan fizologik eritma, tovuq va quyon tezagi, hoM preparatlar.
Mavzuning maqsadi:
Quyon organizmi ichki epiteliy hujayralari 
ichida yashovchi - 
Eymeriya magna
ning tuzilishi va hayot siklini 
o‘rganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari:
1. Koksidiyalar hayvonlarning qaysi organlarida yashashini aytib 
bera oladi.
2. Koksidiyalaming jinssiz ko‘payishini tushuntira oladi.
3. Koksidiyalaming jinssiz va jinsiy bo‘gMnlarni izohlay oladi.
M avzuning qisqacha mazmuni.
Koksidiyalar turkumi o‘z navbatida
bir necha kenja turkumlarga boMinadi.
34


Eymeriyasimonlar 
(Eimeriina)
kenja turkumining vakillari asosan 
umurtqali hayvonlar ichak epiteliy hujayralari ichida va jigarda 
parazitlik qiladi. Deyarli har bir koksidiya turi faqat ma’Ium bir tur 
hayvonda parazitlik qiladi. Voyaga yetgan koksidiyalar harakatsiz 
bo‘ladi.
Cho‘zinchoq duk shaklidagi yosh sporozoit va merozoitlar faol 
harakat qiladi. Koksidiyalarning ko'payishida jinsiy va jinssiz 
bo‘g‘inlarni to‘g‘ri gallanishi xarakterlidir. Qoramol, qo‘y, echki, quyon 
va parrandalarda asosan
Eimeria
urug‘ining turlari parazitlik qiladi, 
Koksidiyalarning rivojlanishi murakkab, barcha hayvonlarda bir xil 
bo‘lib, uchta rivojlanish davrini (shizogoniya, gametogeniya va 
sporogoniya davrlarini) o‘taydi. Quyida quyon organizmi ichki epiteliy 
hujayralari ichida, ya’ni ichagi va jigarida parazitlik qiluvchi eymeriya 
(Eimeria magna
)ning rivojlanish sikli bayon qilingan (13-rasm).
Bunda shizogoniya va gametogoniya davrlarining rivojlanishi 
xo'jayinlari ichki organlarida (endogen davri), sporogoniya davrining 
rivojlanishi esa tashqi muhitda (ekzogen davri) o‘tadi.
Shizogoniya, ya’ni jinssiz ko‘payish davri va jinsiy ko'payish 
xo‘jayin organizmida ketadi. Mahsuldor hayvonlar, shu jumladan 
quyonlar oziq-ovqat yoki suv bilan birga koksidiya oosistalarini yutib 
yuboradi. Oosista ichida 4 ta spora va har bir spora ichida 2 tadan 
sporozoitlar bo‘ladi. Quyon ichida oosistaning qobig‘i erib ketib, 
sporalaming po‘sti yoriladi va ulardan duksimon ko‘rinishdagi 
harakatchan sporozoitlar chiqadi.
Sporozoitlar tezlikda epitelial hujayralarga kirib oladi va 
yumaloqlanib, o‘sib hajmi kattalashadi hamda yadrosi bir nechtaga (8- 
60) boMinadi. Yadrolar soniga qarab sitoplazma ham o‘shanchaga 
boiinadi va yangi avlod, ya’ni merozoitlar shakllanadi. Merozoitlar 
epiteliy hujayralaridan ichak bo‘shlig‘iga chiqib qaytadan sogMom 
epitelial hujayralarga kirib oladi va yana jinssiz yo‘l bilan ikkinchi 
generatsiyani hosil qiladi. Shunday usulda jinssiz ko‘payish 4-5 marta 
takrorlangandan so‘ng, merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) 
hosil boMa boshlaydi.
Gametogoniya (jinsiy yo‘i bilan ko'payish) davrida epitelial 
hujayralarga kirib oladi va yana (jinssiz) bir guruh merozoitlardan makro 
va 
mikrogametositlar 
hosil 
bo‘ladi. 
Keyinchalik 
har 
qaysi 
makrogametositdan bitta magrogameta va har qaysi mikrogametositdan 
esa kichkina, uzunchoq shaklli, bir juft xivchinlari bo'lgan bir nechta 
harakatchan mikrogametalar hosil bo‘ladi. Mikrogametalar epiteliy
35


hujayralardan ichak bo‘shlig‘iga chiqib, hujayralardagi kam harakatchan 
makrogametalar bilan qo‘shiladi va natijada, zigota hosil bo‘ladi. Zigota 
qobiqqa o‘ralib oosistaga aylanadi va ichak bo‘shlig‘iga chiqadi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin