Umurtqasizlar zoologiyasidan


-rasm. Bezgak parazitining rivojlanish sikli sxemasi: 1-bezgak chivini so‘lak



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

14-rasm. Bezgak parazitining rivojlanish sikli sxemasi: 1-bezgak chivini so‘lak
bezidan odam qoniga chiqayotgan sporozoitlar; 2,3-sporozoitlaming jigar hujayra-
larida ko'payishi; 4-shizogo-niya yo‘li bilan sporozoitlardan merozoitlarning hosil
bo'lishi; 5-11-eritrotsitlarda shizogoniya yo‘li bilan merozoitlarning ko‘payishi;
12,13-makrogametotsitning yetilishi; 14,15-mikrogametotsitlaming
yetilishi;16,17-makrogameta va mikrogametalar hosil bo'Iishi va ulaming
qo'shilishi; 18-zigota-ookinetalarining chivin ichagi hujayralariga kirishi;19,20-
sporozoitlar hosil boiishi va chivin tana bo‘shlig’iga chiqishi; 21-sporozoitlaming
chivin so'lak beziga o'tishi; 22-26-parazitning odam hujayralarida rivojlanishi.
Bu parazitning qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan bezgak chivini 
odam qonini so‘rganida chivin so‘lagida bo'lgan sporozoitlar odam
39


qoniga o‘tadi. Bular qon orqali jigar va taloq to‘qimalariga keladi. Bu 
yerda ular oziqlanib ko‘paya boshlaydi, ya’ni yadrolari bir nechtaga 
boMinadi, so‘ngra yadro soniga qarab sitoplazma ham o‘shanchaga 
ajraladi va parazitning navbatdagi avlodi-merozoitlar paydo bo‘ladi.
Keyinchalik bu merozoitlar qizil qon tanachalariga kirib, 
gemoglobin plazmasi bilan oziqlanadi.
Parazitning eritrositlar gemoglobini hisobiga oziqlanib o‘sadigan 
davriga trofozoitlar deyiladi. Eritrositlarda rivojlanishning boshlanish 
davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuola bo‘lganligi uchun 
uzuk shaklida ko‘rinadi. Keyinchalik vakuola yo‘qoladi va parazit 
amyobasimon shaklga kiradi. Trofozoitlardan boMinib ko'payuvchi 
shizontlar hosil boMadi. Eritrositlardagi bir shizont yadrosi bir necha 
marta bo‘linadi va 12-24 ta merozoitlar yetiladi. So'ngra bu merozoitlar 
eritrositning qobig‘ini yemirib, qon plazmasiga o‘tadi. Bu hodisa 
merozoit eritrositga kirgandan 48 soat o‘tgach sodir boMadi va xuddi shu 
paytda odamni bezgak tutadi. Sababi, qon plazmasiga minglab 
merozoitlar bilan birga melanin degan zaharli modda ham chiqadi va 
qonni zaharlaydi.
Qon plazmasidagi merozoitlar yana qaytadan sog‘lom eritrositlarga 
kirib, jinssiz rivojlanishni yangidan boshlaydi. Bir necha bor 
shizogoniya usulda ko‘payishi qaytarilgan bemor qonida jinsiy 
individlar- gametositlar hosil boMadi, ya’ni eritrositlar ichidagi. 
merozoitlardan urg‘ochi makrogametositlar va erkak mikrogametositlar 
paydo bo‘ladi.
Gametositlarning 
keyingi 
rivojlanishi 
Anofeles
chivinining 
medasida kechadi. 
Anofeles
bezgak bilan kasallangan odamning qonini 
so'rganda, 
gametositlar 
chivinga 
o‘tadi. 
Chivinning 
ichida 
mikrogametositlaming rivojlanishi natijasida 4-8 ta xivchinli 5-6 ta 
mikrogametalar hosil boMadi.
Makrogametositlaming yadrosi ham kattalashib makrogametalarga 
aylanadi. Mazkur makro va mikrogametalar qo‘shilib zigota hosil qiladi. 
Zigota harakatchan boMib, u ookineta deb ataladi. Ookineta chivin 
oshqozoni devorini teshib kirib, elastik po'stga o'raladi va oosistaga 
aylanadi. Oosista o‘sib yadrosi bir necha marta boMinadi, har bir yadro 
boMagini sitoplazma o‘rab oladi va natijada, minglab juda mayda 
duksimon sporozoitlar hosil boMadi. So'ngra oosistalar pardasi yoriladi 
va ichidagi sporozoitlar soni 10000 tagacha boradi. Ular chivinning tana 
bo‘shlig‘iga tushib, gemolimfa suyuqligi orqali barcha organlariga, shu 
jumladan chivinning soMak beziga kelib ko‘plab to‘planadi. Mana
40


shunday kasallangan chivinlar sog‘lom odamni chaqqanda, chivin 
so Magi bilan birga sporozoitlar ham odam qoniga o‘tadi. Sporozoitlar bir 
yadroli uzunchoq duk shakliga ega bo‘lib, uzunligi 10-15 mkr ga teng.
Yer yuzida Anopheles avlodiga mansub chivinlaming 150 dan ortiq 
turlari mavjud boMib, shulardan 50 ga yaqin turlari epidemiologik 
ahamiyatga ega. Bezgak chivinlari bezgak parazitining asosiy xo‘jayini 
bo‘lishi bilan bir qatorda, bezgakni tarqatuvchi ham bo‘lib hisoblanadi.
Bezgak kasalligi dunyoda tropik va subtropik iqlimli hududlarda 
keng tarqalgan boiib, har yili minglab odamlarning o‘limiga sababchi 
boMadi. 
Respublikamizda 
bezgak kasalligi 
1960-yillarga kelib 
tugatilgan.
Ishni bajarisk tartibi
Uch kunlik bezgak bilan og'rigan kasal odam 
qonidan buyum oynasiga surkab mikroskopning immersion obyektivi 
ostida kuzatiladi. Bu yerda oq va qizil qon tanachalarini ko‘rish 
mumkin. 
Plasmodium 
vivax
bilan 
kasallangan 
eritrositlar, 
kasallanmaganlariga nisbatan kichik boMadi.
Agar preparatga kedr yogMdan tomizilsa, bezgak paraziti yadrosi 
olcha rangga, protoplazmasi esa havo rangga bo‘yaladi.
Kuzatilayotgan preparatdan birinchi rivojlanish davri shizontni va 
uning 
ichidagi 
vakuolani 
toping. 
Shizontning 
boMinishga 
tayyorlanayotgan davrini kuzating. Bu davrda vakuola boMmaydi. Uning 
tanasi oval shaklida boMib, psevdopodiylari yo‘q. U shizogoniya yoMi 
bilan boMinib ko‘payadi. Bu davrda 12-18 ta merozoitlar boMib, ulaming 
protoplazmasi havo rangda, yadrosi olcha rangda boMadi.
Mikroskop orqali makrogametani toping. Uni protoplazmasi to‘q 
havo rangda boMib, yirikroq pigment donalari bir tekisda tarqalgan. 
Mikrogametositni toping. Mikrogametosit makrogametositga qaraganda 
kichik boMadi. Uning sitoplazmasi och havo rangda boMab, pigment 
donachalari yirikroq.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin