sporozoit voyaga yetadi. Oosista ana shu davrda yuqumli (invazion)
bo1 lib qoladi. Bunday invazion oosistalar hayvonlarning ichagiga
tushganda sporalardan va oosistadan sporozoitlar chiqadi hamda
rivojlanish yana qaytadan boshlanadi.
Koksidiyalar keltirib chiqaradigan kasallik koksidioz deyiladi. Bu
kasallik ayniqsa, yosh quyonlar uchun xavfli boiib, ulaming yoppasiga
qirilib ketishiga sabab boMadi.
Ishni o ‘tkazish tartibL
Koksidiya bilan kasallangan quyon yoki
tovuq tezagini olib, stakanga yoki probirkaga solib ustidan to'yingan
fiziologik eritma solib qo‘yiladi. Ma’lum vaqtdan keyin probirkadagi
to‘yingan eritmaga solingan eymeriya oosistalarini ilmoqli sim bilan
eritma ustidan bir tomochi olib predmet oynasiga qo‘yib preparat
tayyorlanadi.
Tayyorlangan
preparatni
mikroskopning
kichik
obyektivida
qaralganda, juda mayda oval shakldagi tanachalami, ya’ni oosistalarni
ko‘rish mumkin. So‘ngra bu oosistalarni mikroskopning katta
obyektivida qaralganda, oosista ustki tomondan 2 qavat parda bilan
o'ralganligi va oosistalarni turli rivojlanish davrida ekanligi ko‘rinadi.
Bunda oosistani boshlang‘ich rivojlanish davridagisi, oosista hali
bo‘linmagan zigota bilan, 4 ta sporablastga bo‘lingan oosista, ancha
yetilgan oosistalar ichida esa oval shakldagi sporalar hosil bo‘la
boshlaganini ko‘rish mumkin.
Mikroskopning katta obyektivi yordamida preparatni siljitib
merozoitlarni, mikro va makrogametalami topish mumkin. Albomga
turli rivojlanish davridagi eymeriyani rasmini chizing.
Shuningdek, eymeriyaning rivojlanish sikli bo‘yicha tayyorlangan
mikropreparatlarni ham mikroskop ostida qarab, bir yadroli shizont,
ko‘p yadroli shizont, merozoitlar, mikrogamont, makrogametalar va
oosista davrlarini ham sinchiklab o‘rganib, eymeriyaning rivojlanish
sikli to ‘g‘risidagi rasmini al’bomga chizing.
Dostları ilə paylaş: