Umurtqasizlar zoologiyasidan


-mashg‘ulot. Bezgak parazitining tuzilishi va rivojlanishi



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

7-mashg‘ulot. Bezgak parazitining tuzilishi va rivojlanishi
Bezgak parazitining sistematik holati
Tip. Apikomplekslar-Apicomplexa
Sinf. Sporalilar-Sporozoa
Turkum. Koksidiyalar-Coccidiida
Kenja turkum. Qon sporalilar-Haemosporina
Vakil: Uch kunlik bezgak paraziti-Plasmodium vivax


Kerakli materiallar va jihozlar.
Bezgak paraziti bilan kasallangan 
odam qonidan tayyorlangan mikropreparatlar, immersion obyektivli 
mikroskop. Bezgak parazitining tuzilishi va rivojlanish sikli aks 
ettirilgan jadvallar.
Mavzuning maqsadi:
Talabalarga odam va sutemizuvchilarda 
parazitlik qiluvchi bezgak plazmodiyasining tuzilishi va rivojlanish 
siklini tushuntirishdan iborat.
Identiv о ‘quv maqsadlari:
1. Bezgak plazmodiyasi odamga qanday yuqishini aytib beradi.
2. Bezgak plazmodiyasining rivojlanish siklini izohlay biladi.
3. Odam qonidagi parazitning makro va mikrogametasitlarini 
farqlay oladi.
Mavzuning qisqacha mazmunL
Qon sporalilar kenja turkumi 
vakillari odam va issiq qonli hayvonlarning qizil qon tanachalarida 
parazitlik qiladi. Bu kenja turkumga 100 ga yaqin tor kiradi.
Qon sporalilar koksidiyalar singari hujayra ichida yashaydigan 
parazitlar bo‘lsada, lekin ularning hayot sikli bir necha xo‘jayinda o‘tadi. 
Bu kenja turkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini 
keltirib chiqaradigan bezgak plazmodiysining rivojlanishi ikkita 
xo‘jayinda o ‘tadi. Odam qizil qon tanachalarida jinssiz ko‘payish hamda 
makro va mikrogametositlar davri o‘tsa, bezgak chivinida 
(Anopheles)
jinsiy rivojlanish davri ketadi. Odamlar orasida bezgak kasalini 
tarqatuvchi sporalilar plazmodium deyiladi.
Bu kasallik eramizdan oldin ham ma’lum boigan. Bezgak 
plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasev va 
1880-yilda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini 
chivinlar tarqatishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italyan olimi 
J. Grassi aniqlashgan. Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik 
qiladi:
1. 
Plasmodium
v/vox-uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni 
isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi.
2. 
Plasmodium malariae-
to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni 
isitma har 72 soatdan keyin qaytarilib turadi.
3. 
Plasmodium falciparum-14-48
soat oralab xuruj qilib turadigan 
va ko‘pincha juda og‘ir o'tadigan tropik bezgak qo‘zg‘atuvchisi 
hisoblanadi.
4. 
Plasmodium ovale-
uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni 
isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo‘zg‘atuvchisi 
juda kamdan-kam tropik Afrikada va Osiyo mamlakatlarida uchraydi.
38


Dastlabki 3 ta turi tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda keng 
tarqalgan. Uch kunlik bezgak piazmodiumi
-Plasmodium
vivaxning 
rivojlanishi quyidagicha ketadi (14-rasm).

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin