shuning uchun ham uning shakli doimo bir xildir. Tanasining
ektoplazma qismi tiniq ko‘rinishda, unda bo‘yiga cho‘zilgan va
ko‘ndalang joylashgan muskul tolalari-mionemalar boMadi. Bular
gregarina gavdasining qisqarishi va cho‘zilishini ta'minlaydi.
Ayrim gregarinalar butun tanasi bilan siljib harakatlanadi, ularda
hech qanday harakatlanish organoidlari bo‘lmaydi. Endoplazma donador
boMib, unda ko‘p miqdorda ehtiyoj ovqat moddasi-glikogen to‘planadi.
Gregarinalar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi, voyaga yetgan
gregarinalarni-gamontlar yoki gametotsitlar deyiladi. Ikkita gregarina
juft bo‘lib qo‘shiladi va sizigi hosil qiladi. Bunda bitta gregarina
tanasining keyingi qismi bilan ikkinchi gregarinaning oldingi qismiga
yopishadi. Keyin bu ikkala gregarina yumaloqlanib, umumiy pardaga
o‘raladi va sista hosil qiladi. Lekin sista ichida gregarinalar o‘zaro
qo‘shilmaydi.
Har bir gregarinaning yadrosi ko‘p marta boMinib, ular tananing
chetiga ko‘chadi va bir necha mayda bir hujayrali jinsiy individlar-
gametalar paydo boMadi. Makro va mikrogametalar qo‘shilib zigota
hosil boMadi. Zigotalar duksimon shaklda bo‘lib, usti qalin po‘st bilan
qoplanadi va oosista yoki spora hosil qiladi. Sistaning ichidagi juda ko‘p
ootsistalar bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Keyin oosistalarda
sporozoid hosil boMadi. Ana shunday sistalar xo‘jayin tomonidan ozuqa
bilan yutilganda sistaning qobigM erib, undagi sporozoidlar ichak
epiteliysiga kirib oladi. Demak, gregarinalarning rivojlanish davrida
gameta (gametogoniya) va sista hosil qilish (sporogoniya) jarayonlari
takrorlanib turadi (12-rasm).
Dostları ilə paylaş: