Umurtqasizlar zoologiyasidan



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Eymeriyalar va 
bezgak parazitlarining tuzilishi hamda
rivojlanish jarayonlari sxemasini al’bomga chizih oling va
bilimingizni nazorat qilish uchun quyidagi test topshiriqiariga javob
bering. C=28.
1. 
Koksidiyalar uchun xos xususiyatlarni belgilang. A-quruqlikda 
yashovchi sutemizuvchilar qonida parazitlik qiladi, B-eritrotsitlar ichida 
yashaydi, V-ichakda parazitlik qiladi, G-epiteliy hujayralari ichida 
yashaydi, D-asosiy va oraliq xo'jayinlar almashtirish orqali rivojlanadi, 
E-ichburug‘ga o‘xshash kasallik paydo qiladi, J-sista hosil qilish bilan 
tugaydi, Z-sista hosil qilmaydi.
4
!


2. Bezgak parazitlari uchun xos xususiyatlarini ko‘rsating (1- 
topshiriqqa qarang).
3. Koksidiyalar turkumidan eymeriyalarning chorva mollarga 
yuqishidan boshlab rivojlanish siklini ketma-ket bayon qiling: A- 
sporozoitiar, B-oosistalar, V-sporoblastlar (sporosistalar, sporalar), G- 
shizontlar, D-trofozoitlar, E-merozoitlar, J-makrogameta, Z-zigota, I- 
mikrogametalar.
4. Bezgak parazitini odam organizmida rivojlanishini parazitning 
odamga o‘tishidan boshlab tartib bilan ko‘rsating: A-kasallangan chivin 
odamrii chaqqanda sporozoitning odam qoniga o'tishi, B-shizogoniya 
yo‘li bilan sporozoitlardan merozoitlarning hosil boiishi, 
V- 
makrogametotsit va mikrogametotsitlaming yetilishi, G-sporozoitlaming 
jigar hujayralarida ko‘payishi, D-makrogameta va mikrogametalarning 
hosil bo‘lishi va ularning qo‘shilishi, E-sporozoitlar hosil bo‘lishi va 
chivin tana bo‘sh!ig‘iga chiqishi, J-eritrotsitlarda shizogoniya yo‘li bilan 
merozoitlarning ko‘payishi, Z-zigota-ookinetalaming chivin ichagi 
hujayralariga kirishi, I-sporozoitlaming chivin so‘lak beziga va so‘lak 
chiqaruvchi naylarga (og‘iz apparatiga) o‘tishi.
5. Bezgak parazitining chivin organizmida rivojlanishini chivinga 
o‘tishidan boshlab ketma-ket joylashtiring (4-topshiriqqa qarang).
6. Koksidiyalar rivojlanishiga ko‘ra qanday davrlami o ‘z ichiga 
oladi? A-shizogoniya, gametogoniya va sporogoniya, B-ekzogen
gametogoniya, endogen, V-shizogoniya, zigota, gametogoniya, G-to‘g‘ri 
javob yo‘q, D-jinssiz, sporogoniya, jinsiy.
7. 
Ookineta 
bilan 
oosistaning 
farqi 
nimada? A-ookineta 
harakatchan, ookineta harakatsiz, B-oosista kam harakatchan, ookineta 
ko‘p harakatchan, V-oosista harakatchan, ookineta harakatsiz, G-farqi 
yo‘q.
8-mashg‘ulot. Infuzoriyalarning asosiy tuzilish xususiyatlari
Infuzoriya-tufeikaning sistem atik o‘rni
Tip. Infuzoriyalar-Infusoria
Sinf. K iprikli infuzoriyalar-Ciliata
Turkum . Gimenostomatalar-Hymenostomata
Vakil. Infuzoriya-tufelka-Param aecium caudatum
Kerakli materiallar va jOtozJar:
Infuzoriya-tufeikaning pichan 
ivitmasidagi 
kulturasi, uning tuzilishini 
aks ettiravchi jadval, 
mikroskoplar, soat oynachalari, buyum va qoplag‘ich oynalari, 
tomizgichlar, qizil kongo bo‘yog‘i, ensiz qilib qirqilgan filtr qog‘ozlari,
42


paxta, yashil metil va sirka kislotasining suv bilan eritmasi (1:1), 
preparoval ninalar.
Mavzuning maqsadi:
Infuzoriya-tufelkaning murakkab tuzilish 
belgilari, ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganish.
Identiv o ‘quv maqsadlari:
1 .Infuzoriyaningoziqlanish jarayonini aytib beraoladi.
2. Infuzoriyaning jinssiz va jinsiy ko‘payishini izohlay biladi.
3. Tufelka tanasidagi organoidlarini farqlay oladi.
Ishning mazmunL
Infuzoriya-tufelka chuchuk suvlarda yashaydi. 
Uning tanasi uzunchoq bo‘lib, bir tekisda kipriklar bilan qoplangan (15- 
rasm).
Tufelkaning gavdasi yupqa, zich pellikula bilan o‘ralgan. Pellikula 
egiluvchan va elastik boiadi. Tufelkaning protoplazmasi ikki qavat, 
ya’ni ektoplazma va endoplazmadan iborat. Endoplazmasida ikkita 
qisqaruvchi vakuola, juda ko‘p hazm vakuolalari, ikkita yadro bo‘lib, 
katta yadrosi-makronukleus (loviya shaklida), kichkina yumaloq 
yadrosi-mikronukleus deyiladi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin