Umurtqasizlar zoologiyasidan


Biiimingizni nazorat qilish uchun quyidagi test topshiriqlariga



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Biiimingizni nazorat qilish uchun quyidagi test topshiriqlariga
javob bering. C--23.
1. Bodyaga buluti qayerda yashaydi? A-tuproqda, B-chuchuk suvda, 
V-dengizda, G-plankton, D-o‘troq, E-yakka, Z-koJoniya, I-tuban 
tuzilgan, K-murakkab tuzilgan, L-harakatsiz, M-kam harakatchan.
2. Bodyaganing tana shakli qanday ko‘rinishda bo‘ladi? A-dumaloq, 
B-o‘simlik ildiziga o‘xshash, V-noaniq shaklda, G-sharsimon, D- 
xaltasimon, E-yopishgan predmeti shaklida bo‘ladi, J-qizg‘ish rangda, 
Z-yashil rangda.
3. Bodyaga buluti necha qavat hujayralardan iborat? A-bir qavat, B- 
uch qavat, V-ikki qavat, G-mezoderma, D-ektoderma, E-endoderma, J-
' mezogleya.
4. Bodyaga buluti skeleti tarkibi nimadan iborat? A-kremniy, B- 
: ohak, V-kletchatka, G-organik modda-spongin.

5. Bodyaga buluti qanday ko‘payadi? A-jinssiz oddiy ikkiga 
j! bo‘linib, B-kurtaklanib, V-jinsiy usulda, G-ayrim jinsli, D-germafrodit
'• E-jinsiy hujayralar ektodermada joylashgan, J-jinsiy hujayralar 
: mezogeleyada joylashgan, Z-jinsiy hujayralar endodermada joylashgan,
49


I-ichki kurtak gemmula deyiladi, K-tashqi kurtaklar amfiblastula 
deyiladi, L-tuxum hujayra suvda urug‘Ianadi, M-tuxum hujayra 
mezogleyada urugianadi, N-regeneratsiya xususiyatiga ega, O- 
regeneratsiya xususiyatiga ega emas.
6. 
G‘ovaktanlilar qanday oziqlanadi? A-oskulum orqali kirgan 
mikroskopik 
organizmlar 
bilan 
oziqlanadi, 
B-tana 
sirtidagi 
teshikchalardan-mayda naychalardan suv bilan birga kirgan bakteriyalar 
va bir hujayrali organizmlar bilan oziqlanadi, V-suv va ortiqcha qoldiq 
moddalar gastral bo'shliqdan naychalar orqali tashqariga chiqadi, G-suv 
va ortiqcha qoldiq moddalar paragastral bo‘shliqdan oskulum orqali 
tashqariga chiqadi.
10-mashg‘ulot. G idroidlarning asosiy tuzilish xususiyatlari
1-ish. Chuchuk suv gidrasining tuzilishi va ko‘payishi 
C huchuk suv gidrasining sistem atik o‘rni 
Tip. Bo‘shliqichlilar-Coelenterata 
Sinf. Gidrozoylar-Hydrozoa 
K enja sinf. G idroidlar-Hydroidea 
Turkum . G idralar-H ydrida 
Vakil. Chuchuk suv gidrasi-H ydra oligactis 
Kerakli materiallar va jihozlar:
Gidraning tuzilishi, otiluvchi, 
qoplovchi va muskul hujayralarining tuzilishini aks ettiruvchi jadvallar, 
soat oynalarida yoki Petri idishlarida suvga qo‘yilgan va 1-2 sutka 
davomida ovqatlantirilmagan tirik gidralar, tirik siklop yoki dafniyalar
tomizgichlar, preparoval 
ninalar, 
gidra tanasining bo‘yiga va 
ko‘ndalangiga kesmalarining mikropreparatlari, yashil metilning sirka 
kislotasi bilan aralashmasi, 30° li spirt, mikroskoplar, binokulyarlar.
Dars maqsadL
Gidraning tuzilishi, ko‘payishi va tarqalishini 
o‘ganish.
Identiv о ‘quv maqsadlari:
1. Gidraning tuzilishini aytib bera oladi.
2. Gidraning ko‘payishini izohlay biladi.
3. Gidraning endoderma va ektoderma qavatlarini farqlay oladi.
4. Gidraning otiluvchi hujayralari xillarini farqlay oladi.
Ishning mazmunL
Gidra ko‘l, hovuz va boshqa suv havzalarida 
o‘simliklaming orasida hayot kechiradi. Tanasi silindrsimon shaklda 
bo‘lib, uzunligi 1-1,5 sm gayetadi (17-rasm).
Gidraning oldingi tomonida bir oz bo‘rtib chiqqan qismi-gipostom 
bor. Uning tepa qismida og'izteshigi joylashgan.
50


Og‘izning atrofida esa 6-12 ta paypaslagichiar o'rnashgan. Ular 
gidralar 
uchun 
oziq 
bo'ladigan 
og‘izaylangichlilar, 
tuban 
qisqichbaqasimonlar, hasharotlaming mayda lichinkalari, ba'zan esa 
baliqlarning mayda chavoqlarini ushlash uchun xizmat qiladi. Gidraning 
og‘iz va paypaslagichiar joylashgan uchini oral va unga qarama-qarshi 
uchini aboral tomonlari deyiladi. Bir oz yassilangan aboral, ya'ni, tovon 
qismidagi hujayralar yopishqoq modda ishlab chiqaradi. Bu gidralaming 
suv o‘simliklariga, mollyuskalar chig‘anog‘i va shu kabi buyumlarga 
yopishishiga yordam beradi.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin