Bular maxsus qobiq-gonoteka ichida joylashgan. Agar gidrantlar
koloniya shoxchasining uchida o'tirsa, gonangiylar uning asosida
joylashadi. Gonangiylar morfologik jihatdan ancha o'zgargan poliplardir.
Ularda paypaslagichlar, og'iz teshigi bo'lmaydi, obeliyaning gastral
bo’shlig'idagi
umumiy ovqatdan oziqlanadi.
Gonangiy
ichidagi
tayoqchasimon ustun-blastostilda har xil kattalikdagi kurtakchalar-
gonoforlar hosil bo'ladi. Bular blastostildan ajralib gonangiylardan
tashqari muhitgachiqadi-da, keyin meduzalarga aylanadi va suvda erkin
suzib yuradi. Bular obeliyaning jinsiy avlodlari-gidromeduzalardir.
Gidromeduzalar soyabon shaklida bo'lib, ularning diametri 2-3 mm ga
yetadi. Soyabonning atrofida bir necha paypaslagichlar joylashgan.
Soyabonning botiq tomoni o'rtasida xartumchasi osilib turadi va unda
og'iz teshigi bo'ladi.
Gidromeduzaning tanasi
ham
ikki
qavatdan-ektoderma va
endodermadan iborat. Bu ikkala qavat oralig'ida mezogleya ancha qalin
qatlam
hosil
qiladi.
Gastrovaskulyar
sistemasi
oshqozondan
ajralibchiqadigan 4 ta radial naychadan iborat. Bu naychalar
soyabonningchetki
qirg'og'ida
doirasimon
kanalga
qo'shiladi.
Gastrovaskulyar sistemaning barcha naychalarida ozuqa moddalar
tarqaladi va so'riladi.
Gidromeduzalar ayrim jinsli, 4 ta jinsiy bezi soyabonning botiq
tomonida ektoderma qavatida joylashadi. Lekin jinsiy hujayralar suvga
tushib, u yerda urug'lanadilar. Urug'langan tuxumdanchiqqan lichinka-
planula suv ostida rivojlanib, o'troq hayot kechiradigan polipga, ya’ni
obeliyaga aylanadi. Demak, obeliyaning hayotida jinsiy va jinssiz
ko'payish gallanib turadi.
Dostları ilə paylaş: