Oshqozon xonalaridan 8 ta shoxchalar hosil qiluvchi va 8 ta
shoxlanmaydigan radial kanallar boshlanadi va ular qirg‘og‘idagi
doirasimon kanalga borib qo‘shiladi. Hamma kanallarning ichki yuzasi
kiprikchali hujayralar bilan qoplangan. Bu kiprikchalaming harakati
tufayli suv va ozuqa moddalar aureliyaning
gastrovaskulyar sistemasi
bo'ylab doimo oqib turadi. Bunda ozuqa shoxlanmaydigan kanallar
orqali oshqozondan halqasimon kanalga, shoxlanuvchi
kanallar orqali
esa aksincha, teskari tomonga harakat qiladi.
Demak, gastrovaskulyar sistemaning kanallari meduzaning ancha
katta tanasini ozuqa bilan ta'minlaydi. Suv bilan birga esa kislorod kirib
undan meduza nafas oladi va qoldiq mahsulotlar
suv bilan birga chiqib
ketadi. Aureliya ayrim jinsli, yetilgan tuxum va spermatozoidlar
gastrovaskulyar sistemaning kanallariga, keyin
oshqozonga va u yerdan
og‘iz orqali tashqariga chiqadi.
Ba'zi bir meduzalarda tuxum hujayrasi suvda urugManadi, lekin
aureliyaning tuxumlari og‘izdan
chiqqandan keyin, uning og‘iz oldi
kurakchalaridagi tarnovchalaming xonalariga tushadi va shu yerda
urug‘lanadi (2 1-rasm).
21-rasm . A ureliya m eduzasining rivojlanish jarayoni: 1-tuxum; 2-planula
lichinkasi; 3-sifistoma; 4-kurtaklanayotgan sifistoma; 5-boMinish yo ‘li bilan
efiralarning hosil bo'Iishi; 6-efira; 7-voyaga yetgan meduza.
60
Urug‘Iangan tuxum hujayrasi
maydalanib
blastula,
gastrula
davrlarini o‘tadi va usti kiprikchalar bilan qoplangan lichinka-planulaga
aylanadi. Planula ancha vaqt erkin suzib yurganidan keyin dengiz tubiga
cho‘kib, o ‘troq holda yashovchi sifistomaga aylanadi. Unda oldin 4 ta,
keyin 8 ta va nihoyat 16 ta paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Sifistoma
kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi va yangi
sifistomalar hosil qilishi
mumkin.
Sifistomaning
ko‘ndalangiga
boMinishidan
halqasimon
bo‘g ‘inlar paydo boMadi va sifistoma bir necha halqalardan iborat
strobilaga aylanadi. Bu halqalar birin-ketin strobiladan ajraladi va
tuzilishiga ko‘ra meduzalarga o‘xshash-efiralarga,
ular esa suzib yurib
kichik meduzalarga aylanadi. Demak, ssifoid meduzalarda jinssiz
ko‘payish (sifistoma) bilan jinsiy ko‘payish (meduza) bo'gMnlari
gallanib turadi.
Dostları ilə paylaş: