Umurtqasizlar zoologiyasidan


Identiv o ‘quv maqsadlari



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

Identiv o ‘quv maqsadlari:
2.1. Aktiniyalarning tashqi tuzilishini aytib beradi.
2.2, Aktiniyalaming ichki tuzilishi, ko'payishi va tarqalishini 
tushuntirib beradi.
Ishning mazmuni.
Aktiniyalar Oq va Qora dengizlaming sayoz 
qismida o ‘troq holda yashaydi. Ularning tanasi silindrsimon b o iib , 
diametri bir necha mm dan 0,5 m gacha yetadi (22-rasm).
22-rasm. Korall poliplar. A-korall poliplar koloniyasi bir qismining tuzilihi:
1-paypaslagichlari, 2-og’iz teshigi, 3-halqumi, 4-ichak bo’shlig’i, 5-mezenterial
iplari, 6-tuxum hujayralari; B-zohid qisqichbaqa chig’anog’i ustiga
yopishib oigan aktiniya.
Pastki qismida tovoni bor. Bu tovon bilan aktiniya suv tubidagi 
jinslarga yopishadi. Tovonining qarama-qarshi tomonidagi og‘iz teshigi 
tor naysimon halqumi orqali ichak bo‘shlig‘i bilan tutashgan bo‘ladi. 
Aktiniyalaming tanasi ektoderma va endoderma qismlarga bo‘linadi. 
Ektoderma bilan endoderma oralig'ida qalin mezogleya bor.
Aktiniyalarning ichki qismi kovak. U ayrim jinsli. Aktiniyalar 
tanasining rangi atrof-muhit rangiga yaxshi moslashgan. Ularning tanasi 
gulga o‘xshab ketadi. Aktiniyalar o‘troq yashovchi kamharakat yirtqich 
hayvonlardir. Ular tovonida juda sekin harakatlanishi mumkin. 
Aktiniyalar paypaslagichlari bilan har xil mayda hayvonlami tutib yeydi.
62


Paypaslagichlarida juda ko‘p otuvchi hujayralari boMadi. Ayrim 
qisqichbaqasimonlar dushmanlardan o‘zlarini himoya qilish uchun 
aktiniyalardan foydalanadi.
Ishning bajarilish tartibL
Aktiniyalarning ho‘1 preparatini olib, qo‘l 
lupasi orqali tashqi tuzilishini kuzating. Bunda siz silindirsimon tovon 
qismini va tirqishsimon og‘iz atrofidagi paypaslagichlarni ko‘rasiz.
Yoritilgan 
aktiniya 
preparatidan 
uning 
tana 
devorining 
yo‘g‘onligini ko ‘rish mumkin. Aktiniyaning tomogMni toping va gastral 
bo‘shliqdagi devorini tekshiring. Aktiniyaning tuzilish rasmini chizing.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin