Umurtqasizlar zoologiyasidan


-mashg‘ulot. Ssifoid meduzalar va Korall poliplarning asosiy



Yüklə 310,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/151
tarix26.12.2023
ölçüsü310,41 Kb.
#197588
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151
Umurtqasizlar zoologiyasidan labaratoriya mashg\'ulotlari Dadayev

11-mashg‘ulot. Ssifoid meduzalar va Korall poliplarning asosiy
tuzilish xususiyatlari
1-ish. Ssifoid meduzalarning tuzilishi va ko‘payishi
Dengiz likopchasining sistematik o‘rni
Tip. Bo‘shliqichIilar-Coelenterata
Sinf. Ssifoid meduzalar-Scyphozoa
Turkum. Semayeostomalar-Semaeostomeae
Vakil. Dengiz likopchasi-Aureiia aurita
Kerakli materiallar va jihozlar:
Formalinning dengiz suvi bilan 
aralashtirilgan 5 % li eritmasida fiksatsiya qilingan aureliyalar, ulaming 
tuzilishini va ko‘payishini aks ettiruvchi jadvallar, Petri idishlari
qisqichlar, qo‘l lupalari, preparoval ninalar, binafsha yoki qizil kongo 
bo‘yog‘i, to ‘rtburchak yoki 
doirasimon qirqilgan 
qora qog‘oz 
boMakchalari, tomizgichlar.
Dars 
maqsadL
Dengiz 
likopchasi, 
ya’ni 
aureliyaning 
bo‘shliqichlilar tipi ichida suvda erkin holda yakka-yakka yashashi 
munosabati bilan o ‘ziga xos tuzilishi, ko‘payishi va tarqalishini 
o‘rganish.
58


Identiv o ‘quv maqsadlari:
1.1. Aureliyaning tashqi tuzilishini tushuntirib bera oladi.
1.2. Meduzalarning ichki tuzilishini gapira oladi.
1.3. Aureliyaning ovqat hazm qilish sistemasini bayon qiladi.
1.4. Aureliyaning ko‘payishi va yashash tarzini izohlay oladi.
Ishning mazmuni.
Aureliya Qora, Barens, Oq va Uzoq Sharq
dengizlarida keng tarqalgan. Uning soyabonsimon tanasi uncha katta 
emas, diametri 20-30 sm gacha b o iad i. Soyabon chetida yuzlarcha kalta 
paypaslagichlari, ularning oralig‘ida esa 8 ta qirg‘oq tanachalar- 
ropaliyalar joylashgan. Ropaliyalarda yorug‘likni sezuvchi mayda 
ko‘zchalar, muvozanat organi va hid sezuvchi nerv hujayralari mavjud 
(20-rasm).
Soyabon ostining markaz qismida 4 ta og‘iz oldi kurakchalari 
(paypaslagichiar), ularning o‘rtasida esa to'rtburchak shakldagi og‘iz 
joylashgan. OgMz oldidagi va soyabon atrofidagi paypaslagichiarining 
hammasi otiluvchi hujayralarga ega. Og'izdan keyin davom etadigan 
qisqagina tomoq gastrovaskulyar sistemaning markaziy qismiga, ya'ni 
oshqozonga borib qo‘shiladi. Oshqozon bir-biridan parda bilan ajralgan 
4 ta xona hosil qiladi. Bularda juda ko‘p otiluvchi va bezli hujayralarga 
ega bo‘lgan gastral iplar bor.

Yüklə 310,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   151




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin