Katta payvandlash tokini hosil qilish zarur bo'lsa, masalan, cho'yanni qizdirib payvandlashda, elektrodlar bog'lami bilan payvandlash va hokazo hollarda, shuningdek, yetarli quvvatga ega bo'lgan tran formator bo'lmagan kezlarda parallel ulangan kichkina quvvatli transformatorlardan foydalanish mumkin. ul bo lar ula ula arallel ishlashga faqat bir turli transformatorlarni ulash mumkin. Chunki bunday hollarda parallel ishlashi uchun zaru asosiy shart, ya'ni salt yurish kuchlanishining teng bo lishi baja riladi. Bunga esa transformatsiyalash koeffitsiyentlar bo lgandagina erishish mumkin bir xil Transformatorlarni tarmoqga parallel ulash sxemasi rasmda ko'rsatilgan. Ttransformatorlarning birlamchi chug`amlar ta'minlash tarmog'ining bir xil afazalariga ulanishi shart. Ikkilamchi chulg`amlar vaqtning har qaysi daqiqasida bir hil qutbda bo`ladigan klemma a-a va b-b lar vositasida ulanadi. Klemmalarning bir jufti (b) biriktirgich-ajratgich Gr tutashtirilganidagina ulanadi. Biriktirgich-ajratgichga payvandlash postidan tortilgan sim ulangan.
Biriktirgich-ajratgich Gr ajratilganida T, va T, transformator- larning birlamchi chulg'amlari tarmoqqa alohida-alohida ulanadi va ularning rejimi oldindan sozlab olinadi. So ngra, biriktirgich- ajratgich Gr ni tutashtirib transformatorlar parallel ishlashga ula nadi. Transformatorlar bitta korpusli qilib tayyorlangan bo lsa, klemmalar (a) o'zaro bevosita ulanadi.
A, B, C –O`zgaruvchan tok tarmog`ining fazalari; T1; T2- payvandlash transformatorlari; Dr1, Dr2, drossellar; Gr- biriktirgich ajratgich; In1, In2 - har qaysi transformator uchun nominal toklar; Inp – parallel ulashda tok; Un- parallel nominal kuchlanish
Tarmoqqa parallel ulanganda payvandlash zanjiridagi kuchlanish bitta payvandlash transformatorining ikkilamchi kuchlanishga , tok esa har qaysi transformatordan o`tadigan toklar yig`indisiga teng bo`ladi.