CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454 www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-325-330 VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022 Tashkent, Uzbekistan 330 E-mail: carjisor@carjis.org boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan o„zi bilganlarini mustaxkamlashga
ehtiyoj sezadi. O„zi bilgan ertagini qayta-qayta eshitish va bundan zerikmaslik shu
davrdagi bolalarga xos hususiyatdir.
Bog„cha yoshidagi bolalar ehtiyoji va qiziqishlari jadal ravishda ortib boradi.
Bu avvalo keng doiraga chiqish ehtiyoji, munosabatda bo„lish, uynash ehtiyojlarinig
mavjudligidir. Bu davrda bolalarda hamma narsani bilib olishga bo„lgan ehtiyoj
kuchayadi. Bog„cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo„lgan kuchli ehtiyojlardan yana
biri uning har narsani yangilik sifatida ko„rib, uni har tomonlama bilib olishga
intilishidir.
Bog„cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o„sishida
qiziqishning roli ham kattadir. Qiziqish xuddi ehtiyoj kabi bolaning biror faoliyatga
undovchi omillardan biri bo„lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham qiziqishni bilish
jarayoni bilan bog„lik bo„lgan murakkab psixik xodisa desa bo„ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu o„yindir. Bog„cha
yoshidagi bolalarning o„yin faoliyati masalasi asrlar davomida juda ko„p olimlarning
diqqatini o„ziga jalb qilib kelmokda. Bog„cha yoshidagi bolalar o„zlarining o„yin
faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg„a qarab borayotgan sermazmun
hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Bog„cha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu
narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo„lishga intiladi. Bu o„rinda shu narsa
harakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o„zining haddi sig„adigan narsalari
bilangina emas, balki kattalarga mansub bo„lgan o„zining kuchi ham yetmaydigan,
xaddi sig„maydigan narsalar bilan ham amaliy munosobatda bo„lishga intiladi.