CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)
Google Scholar
Universal Impact Factor: 7,1
ISSN:2181-2454
www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-325-330
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022
Tashkent, Uzbekistan 326 E-mail: carjisor@carjis.org
MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA BILISH
JARAYONLARINING RIVOJLANISH
XUSUSIYATLARI
Sevara Najmiddin qizi Erkinova
Nizomiy nomidagi TDPU magistri
ANNOTATSIYA
Maqolada psixologiyada bilish jarayonlarining tasnifi va ularning maktabgacha
ta‟lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarda namoyon bo„lish
shart-sharoitlari
nazariy tahlillar asosida yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: bilish, sezgi, idrok, bola, o„yin, faoliyat, akseleratsiya, psixika.
KIRISH
Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy,
uning predmetiga
biroz o„zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun
dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak,
jamiyatimizning har bir a‟zosi, mustaqil yurt fuqarolari
ongining milliy-madaniy
muhit ta‟sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular
qalbida sof imon va sog„lom
dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi
mexanizmlarini o„rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa,
buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo„lishi, milliy iftixor va g„urur
tuyg„ularining to„g„ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq
va millat manfaatlari bilan
uyg„undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o„ziga, yurtdoshlariga, turli
faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to„g„ri munosabatlarni shakllanishi yo„llarini
ham o„rganishi kerak. Aks holda yoshlar ongidagi o„zgarishlarni aniq bashorat
qilolmaslik, ularni to„g„ri tarbiyalash vositalarini tanlashda
xatoliklarni keltirib
chiqaradi. Inson psixikasi – psixika taraqqiyotning eng oliy bosqichidir.