MUHOKAMA VA NATIJALAR Har bir yosh davri psixik taraqqiyotning maxsus bosqichidir va bola
taraqqiyotining ma‟lum bosqichida shaxs strukturasidagi o„ziga xosliklar majmuini
tashkil etadigan o„zgarishlar to„plami bilan xarakterlanadi. L.S.Vigotskiy yoshni
taraqqiyotning ma‟lum davri deb qaragan. Uning fikricha 1 yosh davrdan boshqasiga
o„tganda ilgari yosh davrida mavjud bo„lmagan yangi narsa paydo bo„ladi,
taraqqiyotning borishi o„zgaradi va qayta quriladi. Yosh xususiyatlari ko„p sharoitlar
majmui bilan belgilanadi. Ularga xayotning ma‟lum bosqichida bolaga quyiladigan
talablar sistemasi ham, munosabatlar ham, u egallaydigan faoliyat va bilimlar tipi
ham bu bilimlarni o„zlashtirish usullari ham kiradi. Yoshning xususiyatini
belgilaydigan sharoitlar mazmuniga bola jismoniy taraqqiyotining xar xil tomonlari
xususiyatlari ham kiradi. Shunday qilib, yosh davri xayot sharoitlari va
taraqqiyotning ma‟lum davrida bolaga quyiladigan talablar xususiyatlari va uning
atrofdagilar bilan munosabatlari, bola shaxsi psixologik tuzilishidagi taraqqiyot
darajasi bilan uning tafakkuri va bilimlari taraqqiyoti darajasi hamda ma‟lum
fiziologik xususiyatlar majmui bilan xarakterlanadi.
Yosh davrini atrofdagilarga munosabat taraqqiyot darajasi bilan bilimlar,
usullar, qobiliyat taraqqiyoti darajasi o„rtasidagi aloqa belgilaydi. D.B.Elkoninning
ta‟kidlashicha, taraqqiyot jarayonining bu 2 turli tomonlar o„rtasidagi munosabatning
o„zgarishi keyingi yosh davrlarda muxim ichki asosni tashkil etadi. Masalan,
go„daklik davrida bolaning tashqi muxit bilan aloqasi uning kattalar bilan munosabati
orqali amalga oshiriladi. Bola xuddi shunday munosabatlar sistemasi sifatida ma‟lum
malakalarni egallaydi. Unda tasavvurlarning sodda bosqichlari shakllanadi. Kattalar
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS)