CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) Google Scholar Universal Impact Factor: 7,1 ISSN:2181-2454 www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-2-325-330 VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2022 Tashkent, Uzbekistan 329 E-mail: carjisor@carjis.org ular o„stida o„ziga zarur xulosalar chiqarib, o„z xulq-atvorini rejalashtirishga imkon
beradi. Bu jarayonlar insonga juda yaqin va tanish.
Tadqiqotlarning ko„rsatishicha, bilish jarayonlari ham ma‟lum ma‟noda
boshqariladigan jarayonlar bo„lib, agar siz o„z imkoniyatlaringizni kengaytirish yoki
iqtidor darajangizni orttirmoqchi bo„lsangiz, bu jarayonlarga oid ma‟lum qoidalar va
xususiyatlarni bilib olishingiz kerak.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim alohida jarayonlardan
iborat. Shuning uchun ham atrof-muhitni, o„zimizni bilishimizga imkon beruvchi
ongni o„rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo„lib o„rgana boshlaganlar.
Bu jarayonlar – sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir. Bu
jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog„liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning
o„zi qiyin. Masalan, ko„rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko„ringchi, uning
mohiyatini bilasizmi?
3-7 yoshgacha bo„lgan davr bog„cha yoshi davri hisoblanadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o„zgarishlari bo„lishini inobatga olgan
xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri, (4-5yosh)kichik bog„cha yoshi,
o„rta maktabgacha davr( o„rta bog„cha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr
katta bog„cha yoshlilarga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida odamlarning
ilgari o„tgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan alohida
maxsus munosabatga kirishadi. B ola insoniyat ko„lga kiritgan barcha yutuqlarni faol
ravishda o„zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, hamda ular
yordamida amalga oshiriladigan xatti–harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi
munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning
o„sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib
borilmog„i kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati
kuchaya boshlaydi.
Bog„cha yoshdagi bolalarning ko„zga tashlanib turuvchi hususiyatlaridan biri
ularning serharakatligi va taqlidchanligidir. Bola tabiatinining asosiy qonunini
shunday ifodalash mumkin: bola uzluksiz faoliyat ko„rsatishni talab qiladi, lekin u
faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan
charchab qoladi. Mana shu so„zlardan bog„cha yoshidagi bola tabiatining asosiy
qonuni bo„lmish serharakatliligini ortiqcha cheklab tashlamay, balki maqsadga
muvofiq ravishda uyushtirish kerakligi yaqqol ko„rinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bo„lgan munosabat orqali bola ahloq normalari,
kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi.
Bog„cha yoshidagi bola endi o„z gavdasini juda yaxshi boshqara boshlaydi. Uning
harakati muvofiklashtirilgan xolda bo„ladi. Bu davrda bolaning nutqi jadal rivojlana