347
tarafdorlarining fikricha, haqiqatni shunchaki bilish mumkin emas,
unga vijdon
pokligi orqali erishish mumkin.
Individuallik
deganda shaxs ruhiy
xususiyatlarining qaytarilmaydigan birikmasi tushuniladi.
Individuallik tarkibiga
xarakter, temperament, ruhiy jarayonlarning o'tib borish xususiyatlari, hissiyotlar,
faoliyat motivlari, tarkib topgan qobiliyatlar
kiradi.
Ilmiy-texnik,
texnokratik
paradigma
–
amaliyotdagi
jarayonlarni
takomillashtirish uchun zaruriy «aniq» ilmiy bilimlarni uzatish va o‘zlashtirish
Dars –
ta’limni tashkil etishning asosiy shakli
.
Dars bevosita o‘qituvchi
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi
xususiyatlarini
hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida
o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va
ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay
sharoitlar yaratiladi.
Didaktika
(ta’lim
nazariyasi, yunoncha didaktikos «o‘rgatuvchi», didasko
«o‘rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va
qonuniyatlari, tamoyillari,o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi,
mazmuni, shakl, metod, vositalari,
natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish
yo‘llari kabi masalalarni tadqiq etadi.
Didaktik o‘yin
o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish
asosida o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini
rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin
ham ijtimoiy faoliyat
ko‘rinishi sanaladi.
Metod
- yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod –
eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan
faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil
etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Ko‘nikma
– malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini
nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi
348
va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida
yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir.
Layf couching
- (ingliz tilida: life- hayot, ouching-rejalashtirish)
ta'lim-tarbiya
jarayoni ishtirokchilarining faoliyatini to‘g‘ri rejalashtiradigan mutaxassis.
Ma'lumki, o‘qituvchi pedagogik
jarayonni rejalashtiruvchisi, boshqaruvchisi
hamda yo‘naltiruvchisi hisoblanadi. Uning kasbiy, shaxsiy faoliyatini uyg‘unlikda
olib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchi guruh, sinfdagi o‘quvchilarga
ta'lim va tarbiya berar ekan, shu bilan birgalikda jamiyat a'zosi bo‘lgan o‘z
farzandlarini ham tarbiyalovchi ota-ona sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, o‘z ish
joyidagi faoliyati bilan birgalikda, oiladagi, jamoadagi ishlarini uyg‘unlikda olib
borish uchun kun tartibini to‘g‘ri rejalashtirib olishga zarurat tug‘iladi. Shunday
paytda o‘qituvchiga layf kouching yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: