O‘quv qo‘llanma vazifalari:
-o‘rganilayotgan mavzularni to‘la idrok qilish uchun zamin yaratish;
-o‘zlashtirib olinishi zarur bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish;
-zamonaviy pedagogika faniga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi
g‘oyalarni hayotda qo‘llay olish imkoniyatiga ega bo‘lish;
7
- Internet tarmog‘idagi pedagogik saytlar yaratish va ulardan samarali
foydalana olishga o‘rgatish
Tarbiyaning asosiy qirralari- e'tiqod va ibrat, ilm va mantiqiy tafakkur, haqiqat
yo'lida ruhiyat safarbarligi va iroda qudrati- bularning barchasi mavzularda asosiy
g‘oya sifatida yoritilishiga harakat qilingan.
Mualliflar o‘quv qo‘llanma tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi
tartibi va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif- mulohazalarni
minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va keyingi o‘quv qo‘llanma, darsliklar
tayyorlashda hisobga oladilar.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada keltirilgan ta'lim va tarbiyaning ijtimoiy
tabiati, uning tarkibi, mazmuni va mohiyati, pedagogika kategoriyalarining
rivojlanish tendensiyalari, fan metodologiyasi hamda ilmiy pedagogik tadqiqot
metodlari, pedagogik diagnostika to‘g‘risidagi tushunchalar oliy ta'lim tizimida
tahsil oluvchi magistrantlar, yosh tadqiqotchilar uchun ham qiziqarli manba bo‘lib
hisoblanadi. Amaliyotda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar esa undan o‘z bilim
va malakalarini oshirishda, ilmiy va mustaqil ishlarni tashkil qilishda
foydalanishlari mumkin.
Akademik, R.H. Djuraev
8
1-BO’LIM. PEDAGOGIKANING
UMUMIY ASOSLARI.
ZAMONAVIY TA'LIM-TARBIYA
Dostları ilə paylaş: |