165
Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko‘rinadiki, o‘quv jarayonida
o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabat subekt-subekt tavsifiga ega bo‘lishi
zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta'lim – bu keng tarzda sotsiumning
bo‘lajak a'zosini umumiy mehnat, hamkorlikka o‘rgatish uchun zarur bo‘lgan
birgalikdagi faoliyat.
Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta'lim
jarayonini ko‘rib chiqish asosida o‘quvchilarning rollar orqali namoyon bo‘lishi
quyidagicha ko‘rinish kasb etadi:
o‘quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;
guruhli faoliyatning ishtirokchisi;
namuna bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so‘ng faoliyat egasi;
faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi;
o‘z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o‘z-o‘zining faoliyati egasi.
Ta'lim jarayoni qonuniyatlari.
Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning
aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar
pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta'lim
jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
Ta'limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi:
ta'limning maqsadi
jamiyatning rivojlanish sur'ati va darajasi; jamiyatning
talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va
imkoniyatlari bilan bog‘liqlikda aniqlashtiriladi;
Dostları ilə paylaş: