Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   227
-.-

 
Ta'lim mazmuni tushunchasi. 
Ta'lim mazmuni deganda o‘quvchilarning 
egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq 
belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi.
Ta'lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy 
omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi; 
2) jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma; 
3) ta'limninq maqsad va vazifalari; 
4) innovatsion rivojlanish darajasi; 
5) axborotlarning hajmi va ko‘lami; 
6) o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.


174 
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta'lim va uning natijalariga 
qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan 
kelib chiqqan holda ta'lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi 
pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta'lim 
mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy 
o‘rta ta'lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va 
malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan 
kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib 
chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 
tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari 
va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni 
axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat 
bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma'lumotlar 
o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon 
bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda 
jamg‘arilayotganligi, ta'limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqyelikka 
mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real 
hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan 
axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta'limning 
maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, 
oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma'nosi yo‘qoladi. 
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta'limda 
yangicha, ya'ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta'lim 
tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har 
tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta'lim uchun 
kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u 
pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida 
ta'kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta'limga doir muammolarni tahlil 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin