Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   227
-.-

tanlab o‘qitish
shakli yuzaga keldi 
(AQShda 
Batov
, yevropada 
Mangeym tizimi
).
Yevropa va AQShda XX asr boshida o‘quvchilarning individual, faol, mustaqil 
o‘quv ishlarini ta'minlashga qaratilgan ko‘plab ta'lim tizimlarining samaradorligi 
sinab ko‘rilgan. 1905-yili Dalton shahrida (Massachusets shtati) o‘qituvchi Elena 
Park Xerst tomonidan birinchi bor qo‘llanilgan ta'limning individuallashtirilgan 
tizimi ular orasida eng radikal hisoblangan. Bu tizim dalton-reja nomi bilan 
pedagogika va maktab tarixiga kirdi. U ba'zan laboratoriya yoki ustaxonalar tizimi 
deb ham ataydilar. 


190 
XIII asrda birinchi universitetlar paydo bo‘lishi bilan 
ta'limning ma'ruza-
seminar tizimi 
yuzaga kela boshladi. U yaratilgan paytdan beri hali deyarli hyech 
bir katta o‘zgarishlarga ega emas. Ma'ruza, seminar, amaliy va laboratoriya ishlari, 
konsultatsiya va tanlagan kasbi bo‘yicha amaliyot hozirgacha leksiya-seminar 
tizim sifatida o‘qishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib kelmoqda. Leksiya-seminar 
tizimi o‘zining sof ko‘rinishida oliy va oliy maktabdan keyingi ta'lim amaliyotida 
qo‘llaniladi.
Dars – ta'limni tashkil etishning asosiy shakli. 
Dars bevosita o‘qituvchi 
rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan 
olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o‘quvchi 
xususiyatlarini hisobga olish, barcha o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida 
o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va 
ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar 
yaratiladi. 
Dars ta'limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o‘ziga xos belgilariga ega, 
chunonchi: o‘quvchilarning doimiy guruhi, o‘quvchilar faoliyatiga ularning har 
biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o‘rganilayotgan fan 
asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini 
emas, balki o‘z xususiyatini ham aks ettiradi). 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin