Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   227
-.-

Pedagogik mahorat
» atamasiga mavjud pedagogikaga oid manbalarda: 
«
o‘qituvchi – tarbiyachining pedagogik qobiliyati
35
», «o‘qituvchining muaomala 
madaniyati va nutq san'ati
36
», «pedagogik nazokat, odob va ahloq
37
», «turli kelib 
chiqadigan pedagogik vaziyatlarga munosabat
38
», «o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z 
ustida ilmiy ijodiy ishlash
39
» kabi tavsiflar berilgan. 
Pedagogik mahorat- bu pedagogik (o‘quv - tarbiyaviy) jarayonining barcha 
shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti 
maqsadlari tomon yo‘llantirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni 
shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik 
uyg‘otishdir. 
Uzluksiz ta'limni amalga oshirishda pedagog, o‘qituvchi va tarbiyachilar 
kadrlar bilan ishlash mahoratiga ega bo‘lmog‘i lozim. Shu sababli pedagogika 
fanining qonuniyatlari va mazmunini har tomonlama o‘rganish, uni yosh avlod 
tarbiyasida qo‘llash har bir ustoz, o‘qituvchidan mahorat talab etadi. 
Mahorat
 
- shaxsning tajriba orqali orttirgan xususiyati, biror sohasidagi 
moslashuvchan ko‘nikma va ijodkorlik asosida hosil bo‘lgan kasbiy 
ko‘nikmalarning nazariy darajasidir. Mahorat – yoshlarni tanlagan kasbiga hurmat 
uyg‘otish jarayonidagi kasbiy g‘ururni shakllantirishda xizmat qiladi. 
Shu jihatdan barkamol avlod tarbiyasida o‘qituvchi-tarbiyachining mahorat 
egasi bo‘lishi muhimdir. 
Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta'lim jarayonidagi 
o‘zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani 
bajarishdagi kasbiy hislatlarni ta'riflashda qo‘llaniladi. 
35
Ochilov M. Pedagogik mahorat.-Toshkent: O‘qituvchi, 2003,-76-bet 
36
Azizxodjaeva N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar.- Toshkent: Moliya,2008.-63-bet 
37
Hasanboev J. Pedagogika.-Toshkent: Yangi asr, 2008.-23-bet 
38
Nishonaliev U. Pedagogika.-Toshkent: O‘qituvchi, 1996.-43-bet 
39
Ibragimov X., Abdullaeva Sh. Pedagogika.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari,2008.-69-bet. 


296 
Mahorat – va uning o‘ziga xos xususiyat va talablari borasidagi masalalarni 
I.A Zyazyun, P.ye Reshetnikov, ye.I Ilin, Sh.A Amonashvili, N. Saidahmedov, X.A 
To‘raqulov kabi olimlar o‘rganishgan va tadqiqotlarida o‘qituvchi mahoratining 
turli yo‘nalishlarini tadqiq qilishgan. 
Mahorat – san'at, mahorat izlanish, mahorat – pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llay bilish, mahorat - o‘qituvchining o‘z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishi 
va o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. 
O‘qituvchining ko‘p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, zo‘r san'atkor va 
fidoiy bo‘lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi 
davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli bo‘lajak 
o‘qituvchilar pedagogik mahoratni egallashlari lozim. 
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi tarbiyadagi qiyinchiliklarni 
yengishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbar, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ichki 
dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg‘ularini his qila oladigan, ichki dunyosi 
nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik 
va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga, chuqur ilmiy tafakkurga ega 
bo‘lgan shaxslardir. 
Pedagogik mahoratga pedagogik bilimlar, fahm - farosat bilan bir qatorda 
pedagogik texnika sohasidagi malakalar ham kiradi, ular tarbiyaga kam kuch 
sarflab, ko‘proq natijalarga erishish imkonini beradi. 
Pedagogik mahorat pedagogdan odatdan tashqari kuch - g‘ayratni, qat'iyatni, 
tirishqoqlikni, tadqiqotlarni olib borishga intilishni, yangi vaziyatga, yangi 
jamoaga kirish qobiliyatini, samimiyatni, to‘g‘rilik va halollikni, o‘tkir aql-
idrokni, bir vositani boshqasi bilan tekshirib ko‘rish malakasini talab qiladi. 
 
«Pedagogik mahorat» kursi talabalarga bo‘lajak o‘qituvchi ixtisosligi 
bo‘yicha bilimlarni egallashlari davomida o‘qituvchi shaxsidagi ma'naviy- axloqiy 
tarbiyani; o‘z kasbi doirasida odob va axloq normalariga rioya qilish xususiyatini, 
uning mohiyatini; muallim – ustoz odobining bola shaxsiga ta'sirini, turli 
vaziyatlarda o‘z xulqini idora qilishning zaruriyatini; bo‘lajak o‘qituvchilarga 


297 
pedagogik mahoratni, ko‘nikma va malakalarni, pedagogik texnika elementlarini 
o‘zlashtirib, egallab borishlarini o‘rgatadi.
Pedagogik mahoratga ega bo‘lgan o‘qituvchi pedagogika, psixologiya, 
fiziologiya, axloqshunoslik, tarbiyaviy ishlar metodikasidan xabordor bo‘lishi 
shart. 
Jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda 
o‘qituvchining o‘rni beqiyosdir. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb. 
Mohir o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina yetarli 
emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash haqida 
umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etiladi. 
O‘qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Maktab 
hayoti amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma - xildir. Pedagogik nazariyaga mos 
kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, 
puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. 
Davlatimiz xalq ta'limi sohasida o‘rtaga qo‘yayogan vazifalarni bajarish 
ko‘p jihatdan o‘qituvchiga bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim 
to‘g‘risida” gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va jamiyat talabidan kelib 
chiqib, bugungi kunda o‘qituvchilar oldida mas'uliyatli vazifalar turibdi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin