Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/227
tarix26.10.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#161547
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   227
-.-

to‘qqizinchidan,
xalq ta'limi muassasalarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 
bo‘limlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish orqali o‘quvchilarni umuminsoniy 
qadriyatlar, yuksak ma'naviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va 
ongiga mustaqillik g‘oyalarini yanada chuqur singdirish, «ommaviy madaniyat» 
ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash; 
o‘ninchidan,
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta'lim muassasalari 
tomonidan davlat ta'lim standartlari va talablari bajarilishining tizimli 
monitoringini olib borish; 
o‘n birinchidan,
ta'lim muassasalarida byudjet mablag‘laridan maqsadli va 
samarali foydalanishni hamda byudjet intizomiga rioya etishni ta'minlash; 
o‘n ikkinchidan,
ta'lim muassasalarida bino va inshootlardan samarali 
foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish. 


106 
Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta'lim tizimini 
takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim xizmatlarining 
ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi 
«Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoni qabul 
qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy 
o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim umumta'lim maktablarida, shu jumladan, 
ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san'at va madaniyat maktab-
internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda 
akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o‘quv yilidan 
boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta'lim maktablarining 
11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka 
(kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida 
amalga oshirilishi belgilab berildi.
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilari ta'lim 
olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o‘rgatish, o‘quvchilarning qiziqish va 
qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ularning ta'limni davom ettirishlari 
yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-
sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur 
jihozlar bilan ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-
oktabrdagi «Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining 10–11-sinflari o‘quvchilariga 
kasbiy ta'lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil 
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 868-son qarori qabul qilindi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus 
ta’lim umumta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar 
kollejlarida amalga oshiriladi.


107 
O‘quv-ishlab chiqarish majmuasida kasbiy ta'lim berishning vazifalari etib 
quyidagilar belgilab qo‘yildi: 
o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishini 
ta'minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni 
o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish; 
kasbiy ta'lim berish jarayonida «usta-shogird» an'analari, mahalliy va xorijiy 
ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usullardan foydalanish hamda 
kasblarning malaka talablari va kasbiy ta'lim berish jarayonining metodik 
ta'minotini takomillashtirib borish; 
kasbiy ta'lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali kasbiy ta'lim berish 
sifatini ta'minlash; 
o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat jarayonini tashkil etish 
ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning mehnat faoliyati bilan faol 
shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb egasi bo‘lishlarini ta'minlash; 
mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlik talab 
etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta'minlash. 
Akademik litsey – o‘rta maxsus o‘quv yurti. Akademik litsey o‘quvchilarning 
intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va 
kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta'minlaydi. Akademik litseyda 
o‘quvchilar o‘zlari tanlab olgan ta'lim yo‘nalishi (gumanitar, texnika, agrar va b. 
sohalar) bo‘yicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur o‘rganishga 
qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin