O‘quv-ishlab chiqarish majmuasi
– o‘quvchilarga kasbiy bilimlar berish, tadbirkorlik,
ishbilarmonlik asoslarini, mehnat va kasb ko‘nikmalarini egallashlari, shuningdek ularning
o‘ziga xos kasbiy qobiliyatlari va sifatlari rivojlantirilishini ta’minlaydigan ta’limni tashkil etish
shakli.
Akademik litsey
o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur,
tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydi.
108
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik,
iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga
o‘qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi
ishlarning qoniqarli emasligini ko‘rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik
litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta'lim sifatini oshirish va mazmunini
yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta'lim muassasalariga
o‘qishga kirish ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni
amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda.
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish hamda akademik litseylarda
o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tubdan oshirish, akademik litseylarda
umumta'lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini jamlash, umumta'lim
maktablari bitiruvchilarining tanlangan kasblar va mutaxassisliklarni egallab
olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoitlar maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi «O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida» PQ-2829-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim vazifalari va
faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi:
umumta'lim maktablarining eng iste'dodli o‘quvchilarini tanlash, ularning
intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va o‘qishni oliy ta'lim
muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur tayyorlash;
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va faollashishiga
ko‘maklashuvchi,
individual
iste'dodlarni
va
har
bir
o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda bilimlarni
egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini shakllantiruvchi va
rivojlantiruvchi ta'lim muhitini yaratish;
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda
ta'lim jarayonini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish va uning
mazmunini doimiy ravishda yangilab borish.
109
Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash
mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy
ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy
ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son
Qarori qabul qilindi.
Qabul qilingan qarorga ko‘ra, quyidagilar oliy ta'lim tizimini kelgusida
kompleks rivojlantirishning eng muhim vazifalari etib belgilandi:
har bir oliy ta'lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta'lim
muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv
jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, ta'lim dasturlari va o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish,
ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb
etish;
oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli mezonlarini shakllantirish,
oliy ta'lim muassasalaridagi ixtisoslik yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni hududlar
va sohalar bo‘yicha joriy etilayotgan dasturlarning talab va ehtiyojlari, iqtisodiyot
tarmoqlari va hududlarni kompleks taraqqiy ettirish istiqbollarini inobatga olgan
holda optimallashtirish;
yangi avlod o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va oliy ta'lim tizimiga keng tatbiq
etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar
bilan ta'minlash, jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlarni sotib olish va tarjima
qilish negizida axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;
pedagog kadrlarning kasb malakasi va mahoratini sifat jihatidan muntazam
oshirib borish, pedagog va ilmiy xodimlarning stajirovkadan o‘tishini yo‘lga
qo‘yish, oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini PhD dasturi va xorijiy
magistratura dasturlari asosida o‘qitish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.
110
oliy ta'lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta'lim
tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan
integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati
samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan
shug‘ullanishga jalb etish;
oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini kuchaytirish, talaba-yoshlarning
qalbi va ongiga milliy istiqlol g‘oyasini, xalqimizning yuksak ma'naviyati va
insonparvarlik an'analariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirish, biz uchun
mutlaqo yot va begona bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan ularda mustahkam immunitet
va tanqidiy munosabatni shakllantirish;
oliy ta'lim muassasalari moddiy-texnika bazasini ularning o‘quv va ilmiy-
laboratoriya binolarini, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik infratuzilmalarini
qurish, kapital ta'mirlash va rekonstruksiya qilish orqali yanada mustahkamlash,
zamonaviy ilm-fan sohalarining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy
laboratoriyalar bazasini zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash;
oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
vositalari bilan ta'minlash, talabalar, o‘qituvchi va yosh tadqiqotchilarning
jahondagi ilg‘or ta'lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va ma'lumotlar bazasi bo‘yicha
elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son
Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-
mayda «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: |