127
Topshiriq
o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan metod. O‘quvchilarning
topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini
shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga
sarflashga, jamoa uchun masuliyatni his etishga o‘rganadilar, mehnat qilish
o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab
turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish
jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor
me'yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan biridir.
Pedagogik talab ma'lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik
qiluvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga
ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: