207
Faoliyat obektlari bo‘yicha
ham ta'lim vositalari ikkiga bo‘linadi:
Material ta'lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar,
modellar, o‘quv-texnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari,
ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.
Ideal ta'lim vositalari – bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda
qo‘llaydigan vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san'at, nutq,
xat va boshqalar. Ideal vositalar – bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni
o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur. Masalan, materializatsiya –
abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar, chizmalar),
verbalizatsiya – nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish,
dalil keltirish).
Material va ideal vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni
uyg‘otish, amaliy harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar
– mantiqiy muhokama. Materialni tushuntirish, nutq madaniyati, yod olish bilan
bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: