203
ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining
tizimliligi. Maktab ma'ruzasi mazmunini murakab tizimlar,
hodisalar, obektlar,
jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi.
Shu bois ma'ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u
butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma'ruza
metodi tushuntirish va
suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida
o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda
ko‘rgazmali metodlar
ham
alohida ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya
)
metodi
namoyish metodiga chambarchas bog‘liq
bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi.
Illyustratsiya narsa, hodisalar va
jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari – chizma, rasm, fotosurat, yassi modellar
va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi
o‘rganilayotgan obekt harakat
dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da
predmetning tashqi
ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma'lumot berishda keng qo‘llaniladi.
Tabiiy obektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi,
miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e'tibor qaratiladi,
so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish
ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan obektlarning subekti
yoki chizmasi yordamida
kuzatiladi.
Amaliy metod
– o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga
yo‘naltirilgan jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy
sharoitlar –
maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga
oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi
tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani
o‘quvchilar e'tiboriga havola etadi.
Mashq
– aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini
egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma
hamda
204
malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy
(texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali,
jismoniy va boshqa
turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: