Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich


Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226
-.-

Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi. 
Elektron pedagogikada ta'lim 
muammolarining hal qilinishi ko‘p jihatdan kompyuterli o‘qitish texnologiyasiga 
bog‘liq.
Kompyuterlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi – bu kompyuterdan 
foydalanishga asoslangan o‘qitishdir. O‘qitishning kompyuter texnologiyasi yangi 
axborot texnologiyalarning bir turidir. Axborot texnologiyalarida bundan tashqari 
boshqa axborot vositalari (televidenie, video va boshqalar) ishlatilishi mumkin. 
Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi
zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning yirik imkoniyatlari bilan 
bog‘liq bo‘lgan o‘qitishning mutlaqo yangi hali tadqiq qilinmagan texnologik 
variantlarini ochib beradi. Telekommunikatsion tizimlar, shu jumladan 
kompyuterlar hozirgi zamon ilmiy-texnik taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. 
Ilmiy-texnik taraqqiyot ilmiy-texnik axborotning shiddatli o‘sishi bilan 
belgilanadi. Tahsil oluvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olib, imkoni 
boricha eng ko‘p xajmida axborotni o‘zlashtirish, faqat kompyuterlar yordamida 
amalga oshirilishi mumkin. Ya'ni o‘qitishning kompyuter texnologiyasi asosida 


273 
o‘quv jarayonini jadallashtirish va samaradorligini maksimal darajada oshirishga 
erishish mumkin. 
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasi mazmun jihatdan kompyuter xotirasiga 
kiritilgan pedagogik dasturiy vositalar bilan farqlanadi. Dasturiy vositalar mavzu, 
bo‘lim yoki butun o‘quv fani bo‘yicha tuzilishi mumkin va u o‘quv materiali 
o‘zlashtirilishi diagnostikasi baholashni va monitoringini ham o‘z ichiga oladi. 
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining samaradorligi dasturiy vositalarning ishlab 
chiqilish darajasi bilan bir qatorda o‘quv jarayonini va ishchi o‘rinlarini to‘g‘ri 
tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida quyidagilar zarur hisoblanadi: 
individual o‘qitish; muntazam ravishda kompyuter yordamida tashxis testlar 
o‘tkazish; o‘quv maqsadlariga erishilganligini baholash. 
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasida, o‘qitish siklning qayta takrorlanishi 
uchun eng maqbul sharoit yaratiladi.
Bu o‘qitish texnologiyasida pedagogning funksiyasi quyidagilardan iborat 
bo‘ladi: dasturiy vositalarni tayyorlash; o‘quv jarayonining (o‘quv jarayoni grafigi, 
tashxislash, nazorat) guruh, o‘quv fan miqyosida tashkil etish; ishchi o‘rinlarini 
tashkil etish, yo‘l-yo‘riqlar berish, tarmoqni boshqarish; tahsil oluvchilar bilan 
muloqotda bo‘lish, individual o‘qitishni ta'minlash.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin