276
Jamiyatni axbortlashtirish: mehnat, ilmiy tadqiqot, loyiha, ishlab chiqarish
jarayonlarini avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish,
tashkiliy-iqtisodiy
boshqarishni avtomatlashtirish, ta'lim va kadrlar tayyorlash
tizimini axborotlashtirish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.
Jamiyatda axborot ham bilim manbai ham eng asosiy muloqot vositasi bo‘lib
hisoblanadi. Ta'limni axborotlashtirishda radio,
televidenie, ommaviy-axborot
vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror
ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har bir
inson ob-havo prognozini, transport
vositalari qatnovi jadvalini, bank va biznes
ma'lumotlarini hamda kundalik yangiliklardan habardor bo‘lishga muxtojdir.
Agarda inson kundalik axborotlar va yangiliklardan xabardor bo‘lmas ekan u
jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar.
Fayl tushunchasi va ularning turlari.
Fayl yagona yaxlit deb qaraladigan
ma'lumotlar yoki dastur kodlari majmuidir. Fayl o‘z nomiga ega bo‘lgan va tizimda
saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo‘lgan ob'ektdir.
Foydalanuvchi
faylni yaratishi, nusxalashi, jo‘natishi va yo‘q qilishi mumkin.
Har bir fayl
atributlar va undagi axborotdan iborat bo‘ladi. Faylning atributlariga birinchi
navbatda uning nomi,
axborot turi, yaratilish sanasi va vaqti, undan faydalanish
usuli hamda undan foydalanishga ruxsat berish shartlari kiradi.
Fayllarning
quyidagi turlari mavjud:
-
matn ma'lumotlarni o‘zida
jamlagan fayllar;
-
grafik ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;
-
musiqa ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar;
-
video ma'lumotlarni o‘zida jamlagan fayllar.
Dostları ilə paylaş: