286
bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda
ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan
mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan
muhokama qilishlari mumkin.
Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda
ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u
muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o‘z fikrlarini
jo‘natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz,
faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli -
tuman mavzular muhokama qilinadi. Internet forumlari alohida yo‘nalishlarga
ixtisoslashgan yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga
meditsina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o‘yinlari va
transport vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan
forumlarda faqatgina mo‘ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi,
umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin.
Bugungi kunda elektron pedagogikada
blog
tushunchasi ishlatiladi.
Blog
- tarkibi matn, tasvir va multimedia ma'lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy
ravishda qo‘shilib turiladigan ma'lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt.
Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga
berilgan izohlarni o‘zida mujassamlaydi.
Viki – bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida
uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega
bo‘lgan veb sayt.
Elektron pedagogikada chat
Dostları ilə paylaş: