Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226
-.-

 
emas, balki bir 
nechta
 
pedagogik vazifalar qo‘yadi va ularni faoliyati mobaynida pedagogik 
vaziyatlarga, jumladan, pedagogik vazifalarning qo‘yilishi va hal qilinishi 
sharoitlari
 
va boshqalarga bog‘liq ravishda tuzatib boradi. Bunday vaziyatlar rejali 
(masalan, muammoli dars, tarbiyaviy tadbir) va tasodifiy (tarbiyasi qiyin 


302 
o‘smirnnng qo‘qqisdan namoyon bo‘ladigan xulqi) bo‘lishi mumkin. Mohir 
o‘qituvchi pedagogik vaziyatni to‘la boshqarishga intiladi va ayni shu vaqtning 
o‘zida bolalarning tashabbusiga keng yo‘l ochadi. Zaruriyat, tug‘ilganda u har 
qanday kutilmaganda yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni pedagogik 
vaziyatga aylantira oladi.
O‘qituvchining faoliyati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
-
o‘z-o‘zini rivojlantirish; 
-
o‘quv faoliyatini ilg‘or texnologiyalar asosida qurish; 
-
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning qaror topishiga 
zamin yaratish; 
- o‘quv faoliyatining o‘quvchilar ichki motivga asoslangan izlanuvchanlik 
yo‘nalishining kasb etishini ta'minlash va boshqalar. 
Pedagogik faoliyat o‘quvchilarga uch xil pedagogik ta'sir ko‘rsatishni nazarda 
tutadi: 
nimani o‘qitish, kimni
 
o‘qitish va qanday o‘qitish?
. Demak, mohir 
o‘qituvchi o‘quv predmetidan material tanlash va uni guruhlarga ajratish uquvini 
oshirishi; o‘quvchilarning mavjud imkoniyatlari, ta'limning umumiy maqsadlarini 
amalga oshirib, o‘quvchilarga ta'sir ko‘rsatishning shakl, usul va metodlarini 
oqilona tanlashi va qo‘llashi lozim. Tabiiyki, o‘qituvchi o‘zining shaxsiy 
faoliyatini o‘zi tahlil qilib boradi. Ish davomida o‘quvchilar va o‘zining shaxsiy 
mehnati va sarflangan vaqtini hisobga olish, ishdagi kemtik joylarni ko‘ra bilish va 
ularni bartaraf etish yo‘llarini tanlash, o‘z tajribasini va hamkasblarining ishlarini 
tahlil qilish o‘ta muhim. Agar pedagogik faoliyatning barcha sanab o‘tilgan 
tarkibiy qismlari mavjud bo‘lsa, u holda uni psixologik jihatdan to‘la va yetuk, deb 
hisoblash mumkin.
Faoliyat jarayonida inson shaxsining har tomonlama yaxlit rivojlanishi,
tevarak-atrof, olamga munosabati shakllanadi. Inson faoliyati maqsadga
muvofiq amalga oshishi uchun uni to‘g‘ri tashkil etish va oqilona yo‘naltirish
lozim. Lekin ko‘p hollarda shaxsning rivojlanishi imkoniyatlaridan
foydalanilmaydi, tarbiyalanuvchilar ko‘pincha ijtimoiy mehnat, bilish
faoliyatini faol tashkil eta olmaydilar, hayotda sust harakat qiladilar. 


303 
O‘quvchilar faoliyatining asosiy turlariga o‘yin, o‘qish, mehnatni
kiritgan holda uning asosiy yo‘nalishlari - ijtimoiy, sport, badiiy, texnik,
hunarmandchilik, emotsional faoliyatlariga ajratish mumkin.
Faoliyat faol va passiv bo‘ladi, faqat faol faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchi 
shaxsining barcha imkoniyatlarini ruyobga chiqarishga yordam beradi. Bunday
faoliyat insonda qoniqish hosil qiladi, inson kuch-quvvatga to‘ladi. 
O‘qishda faollik ijtimoiy tajribalarni tezroq o‘rganib, anglab olishga,
kommunikativ qobiliyatini rivojlantirishga, o‘zini o‘rab turgan atrof-olamga
munosabatini shakllantirishga olib keladi. Bilish faolligi esa bolaning
intellektual rivojlanishini ta'minlaydi.
O‘qituvchi mehnatida faollik shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishga
undaydi, uni yanada muvaqqiyatli mehnat qilishga yo‘llaydi. Rivojlanayotgan 
shaxsni doimiy faollikka undash ancha murakkab va qiyin kechadi. Zero,
o‘quvchining turli yoshida uning faoliyati o‘zgarib boradi. Shuning uchun
bu borada maktabdagi ommaviy tadbirlar bilan birga har bir o‘quvchining 
invidual va yosh xususiyatlarini hisobga oladigan ishlar amalga oshirilishi
maqsadga muvofiq.
Pedagogik faoliyat davomida pedagogik vazifa (pedagogik maqsad)larni 
qo‘yish va uni o‘zgartirish, pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va 
klassifikatsiyalash, qaror qabul qilish, pedagogik tafakkur va pedagogik intuitsiya), 
tahlil etish, baholash, o‘zini o‘zi tuzatish (pedagogik refleksiya) va boshqalar kabi 
muhim kasbiy sifatlar mujassamlanadi. 
Shaxsning rivojlanishi bevosita uning faoliyatida ro‘y beradagan
o‘zgarishlar, motivlar, maqsadlar, yangi vositalarni qo‘llash, usullar hamda
faoliyat dasturi bilan bog‘liq holda kechadi. Turli pedagogik o‘zgarishlar 
asosida o‘qituvchi faoliyatining faolligi shakllanadi. Faoliyat pedagogikada
psixologik qonuniyatlarga tayangan holda turli shakl va metodlar orqali,
maxsus didaktik tomoyillarni qo‘llash asosida tashkil etiladi. Agar o‘quvchi
faoliyati o‘quv jarayonida bilimlarni o‘rganish, malaka va ko‘nikmalar hosil
qilish asosida tashkil qilinsa, o‘qituvchi faoliyati pedagogik vazifalarni quyish,


304 
maqsadga erishish, faoliyat predmeti, vositalarini aniqlash, ularni bajarish 
usullarini oqilona tanlash, o‘quvchi faoliyatini boshqarish, o‘zaro hamkorlikka 
asoslangan ta'lim-tarbiyani tashkil qilish natijasida amalga oshadi.
Ta'limda faoliyat va uni boshqarishga yangicha yondashuv talab etiladi, 
didaktik tomoyillar yangi mazmun kasb etadi va o‘qitish texnologiyasini
o‘zgartiradi. An'anaviy didaktikada buni amalga oshirib bo‘lmaydi. “O‘quv 
faoliyati”, “aqliy faoliyat” hozirgi davr pedagogikasining eng muhim
konsepsiyasi sifatida maydonga chiqmoqda. Uning asoschilari L.S.Vigotskiy,
A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, D.B.El'konin, V.V.Davidov, P.Ya.Galperinlar
pedagogik-psixologiyada ta'limga faoliyatli yondashuv nazariyasini yaratdilar.
41
Faoliyatning asosiy psixologik nazariyasi va ta'limga faoliyatli
yondashuv quyidagi g‘oyalar va tamoyillarni o‘zida qamrab oladi: 
1.
Faoliyatga metodologik asos bir tomondan ob'ektiv dunyo, ikkinchi
tomondan miyaga ruhiyatning ta'siri natijasida vujudga keladi. (A.N.Leontev). 
1.
Ruhiy ta'sirning faollik kasb etishi – bu sub'ektning ehtiyoji asosida
amalga oshadi (E.G‘oziev). 
1.
Moddiy dunyoda sub'ektni faoliyatga yo‘naltirish, faoliyatning o‘zi 
ham ijtimoiy munosabatlarda tarkib topadi (L.S.Vigotskiy). 
1.
Inson faoliyati ruhiyatining ijtimoiy tarixiy tabiatiga bog‘liq bo‘lib, 
bu jarayon ijtimoiy hayotning o‘zida amalga oshadi(D.B.Elkonin). 
1.
Inson faoliyatida ruhiyat ichki faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi 
(P.Ya. Galperin). 
Mazkur metodologik asoslar o‘quvchilarga nimani o‘rganish bilan birga
qanday o‘rgatishni ham tavsiya etadi.
Ta'lim jarayoni o‘quvchilar faoliyatini tizimli tashkil etishni taqozo etadi 
(-rasm). Ta'limning barcha tarkibiy qismlari uning o‘quvchi faoliyatini tizimli 
tashkil etish- bu ta'lim maqsadi, mazmuni, shakllari, metodlari, vositalari,
ta'lim mahsuli, bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zaro aloqasida amalga 
oshadi. 
41
Rubinshteyn S.L. “Osnovы obщey psixologii”- Moskva: Znanie, 2003 -106 s. 


305 
Faoliyatning rivojlanishi ta'limda ma'lum didaktik prinsiplar asosida
yuzaga keladi. Bular ilmiylik, uzviylik, tizimlilik, qulaylik, ta'limda faollik,
onglilik kabilardan iborat bo‘lib, ta'lim tizimidagi nuqsonlarni bartaraf etib,
unda o‘zgarishlar qilishni taqoza etadi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin