Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə222/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226
-.-


Tarbiya nazariyasi
– pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, 
tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni 
tashkil etish masalalarini o‘rganadi. 
Ta'lim - 
bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib 
toptiradigan jarayon.
Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari- 
Ta’limning yordamchi 
shakllariga to‘garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ 
mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar 
kiradi.
Ta’lim usuli
– ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar 
bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va 
qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.
Ta’lim metodlarini tanlash. 
Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy 
tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-
tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan 
yondashuvlar vujudga keladi.
Ta’lim sifati
-avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan 
natijalar; o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o‘quvchilarga tashkiliy-
pedagogik ta’sir ko‘rsatish: o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim 
vaqtiga bog‘liq; 


351 
Ta’lim tamoyillari - Ta’lim yamoyillari
o’quv jarayonining umumiy maqsadlari 
va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilab 
beruvchi boshlang’ich qoidalardir. 
Ta’limni insonparvarlashtirish 
uning mazmuni, tamoyillari, shakl va 
metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni 
har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirish.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin