Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   226
-.-

Kompetentsiyaviy yondashuv
da ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – 
Ko‘nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko‘nikma – Malaka – Amaliy 
faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etish talab etiladi.


176 
«Kompetensiya» - 
muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning 
bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo‘lishi va ularni hal qilishga yetadigan 
salohiyati tushuniladi[ ] 
25

“Kompetentlik”- 
voqyea-hodisalar, masalalar yechimi to‘g‘risida xabardor 
bo‘lish, muayyan nufuzga ega bo‘lishni o‘zida ifoda etadi
26

Ilmiy tadqiqotlarda kompetensiya 
pedagogik hodisa
sifatida XX asrning 70 
yillaridan e'tiboran tadqiq etila boshlandi. 
Pedagogik kompetentlik
– yuksak darajadagi pedagogik faoliyatning taraqqiy 
etishini, pedagogik texnikani egallashni, shuningdek, pedagog shaxsi, uning 
tajribasi va kasbiy faoliyatidagi individuallikning yorqin ko‘rinishi sifatida 
tushuniladi. 
Umumta'limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni 
amalga oshirish zarur bo‘lgan real voqyelikning aniq belgilangan obektlariga 
munosabatini taqozo etuvchi o‘quvchining semantik (ma'no-mazmun) 
yo‘nalganligi, bilim, ko‘nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida 
aks etuvchi ta'limiy tayyorgarlikka qo‘yiladigan talabdir. 
O‘qituvchining didaktik kompetensiyasi
– zamonaviy o‘qituvchining kasbiy 
kompetensiya asosini tashkil yetadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
-O‘qitish muhitini yaratish; 
-Mavzu mazmunini yoritishni rejalashtirish; 
-O‘quv jarayonini boshqarish; 
-O‘quvchilarning yutuqlari va rivojlanishlarini baholash; 
-O‘quvchilarga motivatsiya berish va yordam ko‘rsatish; 
-O‘quvchilar bilimini rivojlantirish. 
O‘quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o‘zlashtirish uchun 
aniq mo‘ljal (orientir). Biroq maktab ta'limi davrida o‘quvchida «yuksak» 
kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga 
1
Pedagogik atamalar lug‘ati. -Toshkent:Me’ros, 2014.-15-bet. 
2
Tolkovыy slovar russkogo yazыka: V 4 t. T. 1 / Pod red. D.I. Ushakova. -Moskva: Mыsl, 2009. S.34. 


177 
tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur 
kompetensiyalarni umumta'limiy nuqtai nazardan o‘zlashtiradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha umumiy 
o‘rta ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni Davlat ta'lim standarti talablari asosida 
tashkil etiladi va uning bajarilishi yuqorida ko‘rsatilgan barcha muassasalar uchun 
majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta 
ta'lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son 
qarori, “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim 
standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori asosida 
tuzilgan DTSda ko‘rsatilishicha umumiy o‘rta ta'limning malaka talablari 
umumta'lim fanlari bo‘yicha ta'lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy 
maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta'lim sifatiga qo‘yiladigan 
talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi:

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin