O‘qituvchining darsga tayyorgarligi. O‘qituvchining darsga tayyorgarligida
quyidagi to‘rtta bosqich ko‘zga tashlanadi:
tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish . Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni
tashxislash bilan boshlanadi.
Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha
sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning
imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari,
qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati,
uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish,
mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish
hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak darsni
tashkil etishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga
muvofiq eng ma'qulini tanlab olish.
Loyihalashtirish va rejalashtirish o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga
tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa
va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari
(kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi
bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga
kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga
imkon beruvchi hujjatdir.
Ta'limni tashkil etishning yordamchi shakllari. Ta'limning yordamchi
shakllariga to‘garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ
mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar
kiradi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish
jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning