Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   226
-.-

yosh xususiyatlari
deb 
ataladi.


62 
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, 
hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, 
yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, erinchoqligi yoki ishga 
tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki 
tarbiyachi ularni bilishi zarur. 
Bolaning individual – o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning 
umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, metodikasini bilish 
muhim. Temperament lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» 
ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. 
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham 
mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
1. Go‘daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha 
bo‘lgan davr. 
2. Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha. 
3. Maktabgacha bo‘lgan yosh davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha. 
4. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) – 7 yoshdan 11–12 
yoshgacha. 
5. O‘rta va katta maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) – 12–
17 yosh. 
Maktabgacha yosh
dagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda 
quyidagi davrlarga bo‘linadi: 
– go‘daklik (1 yoshgacha); 
– ilk yosh (1–2 yosh); 
– ilk yosh guruhi (2–3 yosh); 
– kichik yosh (3–4 yosh); 
– o‘rta yosh (4–5 yosh); 
– katta yosh (5–6 yosh); 
– maktabga tayyorlov davri (7 yosh, majburiy ta'lim). 
Kichik maktab yoshi
da o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati 
egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning 


63 
tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. 
Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi. 
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. 
Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin