Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226
-.-

O‘rta va katta maktab yoshi
(o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12–17 yosh). 
O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi 
kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish 
davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'l-
atvoriga ta'sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta 
rol o‘ynaydi. Ba'zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. 
Ilk o‘spirinlik balog‘atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. 
Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai 
nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya 
boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga 
kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda ular o‘rtasida 
munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. 
Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma'lum maqsadga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj 
kuchaya boradi. 
O‘spirinlik
– bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z 
fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta 
boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va 
dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini 
anglash, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. 
Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan 
tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga 
xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. 
Axloqiy muammolarni o‘z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot 
mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois 
ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. 


64 
Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning 
jamoadagi mavqyei, jamoadagi shaxslar bilan muomala-muloqoti muhimdir. 
Albatta, bu borada ta'lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy 
harakati ta'siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot 
ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning 
faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin