Universiteti abdullayeva shaxzoda abdullayevna askarov abror davlatmirzayevich



Yüklə 2,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/226
tarix10.07.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136289
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   226
-.-

Shaxsning
ijtimoiylashuvi
– ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik 
funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va 
qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. 


68 
ana'naviy – oila va yaqin muhit orqali o‘quvchilarni ijtimoiy faollikka jalb etish, 
faoliyat va muloqotda maqbul shar-sharoitlarni yaratish; 
institutsional – ijtimoiy institutlar va ta'lim muassasalari tomonidan 
o‘quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratish; 
shaxslararo – o‘quvchilarni ijtimoiy aloqalar tizimiga jalb etish, ularda 
muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish; 
refleksiv – o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini loyihalashni 
pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy ettirish. 
O‘quvchilarni 
ijtimoiylashtirishning 
muhim 
sharti 
ularda 
ijtimoiy 
kompetentlikni qaror toptirishdir. Ijtimoiy kompetentlik insondan ijtimoiy 
vaziyatlarga yo‘nalganlik va boshqarish qobiliyatini talab etuvchi boshqa kishilar 
bilan kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy 
kompetentlikning asosiy funksiyalariga moslashuv, ijtimoiy orientatsiya, shaxs 
integratsiyasi va umumijtimoiy tajriba kabilar kiradi.
Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba 
o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga 
keluvchi ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks 
ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z-o‘zini 
korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan «o‘z-o‘zini boshqarish 
tajribasi»ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. 
O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida 
individni subekt-subekt munosabatlariga jalb etish; subektda tashabbuskorlikni 
shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini tashkillashning universal 
namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin. 

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin