69
Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish
ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan,
inson hayotining
mazmuni, shaxslararo munosabatda ma'naviy-axloqiy me'yor va qoidalar sifatida
individda qadriyatga yo‘naltirilgan
orientatsiyani shakllantirish,
ikkinchi
tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqyega ega o‘z-o‘zini boshqarishda
aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va
hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me'yorlarini o‘zlashtirish
bilan
bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi.
O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish
pedagogik hodisa sifatida
shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq
intellektual,
emotsional-hissiy va
faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish
asosida ijtimoiy faolligini
oshirishga xizmat qiladi.
O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga
oshirilishi lozim:
ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, vaziyatga
moslashuvchanlik va safarbarlik;
loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-atvor
strategiyalarini
tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy
faoliyatning asosiy
me'yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.
MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:
1. «Individ» tushunchasi nimani ifoda etadi?
2. Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil etadi?
3. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering.
4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta'sir ko‘rsatadi?
5. Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang.
6. Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsib bering.
7. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima tushuniladi?
8. Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering.