2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi predmeti
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, xayotiy-zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini oshiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va takomillashib boradi. Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot ma’lumotlari jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha tamoillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati predmeti qotib qolgan, o‘zgarmas ma’lumotlardan iborat bo‘lishi mumkin emas
2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi predmeti
O‘quv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligini oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab bo‘ldi. Bu bilan insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mumkinligi haqidagi qoida va qonunlar ijtimoiy mehnat va xarbiy amaliyotda yuqori samara berishligi isbotlanadi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining o‘rganish predmeti xisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar, o‘smirlar, yoshlar, o‘rta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishni endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarning jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi.
2. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi predmeti
Bundan tashqari jismoniy tarbiya usuliyatlari jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy qonuniyatlarini ham o‘rganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini amalga oshirishda «Umumiy, maxsus kasb jismoniy tayyorgarligi», «Sport tayyorgarligi» usuliyati deb aniq yo‘nalishdagi metodikalardan foydalanadi. Bunday usuliyatlarni har birini ichida o‘zlarining xususiy usuliyatlari mavjud. Usuliyatlarning turli-tumanligi shug‘ullanuvchilarning qaysi psixologik tiplarga mansubligiga, ularning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi, ayollar jismoniy tarbiyasi metodikasi va hk.) ga xos va mos kelishi kerak.