Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining rivojlanishining davrlari
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining rivojlanishi bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi davr – bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat faoliyatini organizmga ta’siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.I. 1975), ularning to‘planishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma’nosiga yetish va to‘plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar»ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining rivojlanishining davrlari
Ikkinchi davr – jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi – qadimgi Yunonistonda quldorlik davlati davri va O‘rta asrni o‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o‘rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar ta’sirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. Shunga ko‘ra bu davr jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishning foydasini tashqi ko‘rinishlarga qarab baholangan davr deb qaralgan. Bu davrda Yunonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo‘lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining rivojlanishining davrlari
Uchinchi davr – jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiv to‘planishi, uyg‘onish davridan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o‘qitish, davolash haqidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammolariga e’tibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mohiyati haqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy ma’lumotlarning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu ma’lumotlar hali turlicha, chunki, ko‘pincha o‘sha davrda mustaqilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina fanlari tarkibida voyaga yetar edi. Yo‘l-yo‘lakay, ammo zarur bo‘lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko‘pincha o‘z muammolarini jismoniy tarbining rolini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. Yangilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va hayoliy sotsialistlar jismoniy tarbiyada bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar.